• O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
  • 2-modda. Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonunchilik
  • Jismoniy tarbiya va sport to‘G‘risida




    Download 74.11 Kb.
    bet1/30
    Sana15.02.2024
    Hajmi74.11 Kb.
    #157126
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
    Bog'liq
    2 5258468115649412113
    YZDQWdRMRMuWk0FPJLf5CSHvNxRPxzVnQV4oYn91, Mavzu Xayol, kurs ishi, KORXONA IQTISODIYOTI, vkr, Amaliy ekonometrik modellar, Лагмонота 9CD3L4i, O\'zlashtirish qaydnomasi (2), Презентация без названия, Mavzu Simsiz tarmoq texnologiyalari. Bajardi-fayllar.org, 3-Mavzu matnni, Жолдасов Асан объективка, 31-Hapte, моя курсовая (4)

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
    JISMONIY TARBIYA VA SPORT TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
    Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 24-iyulda qabul qilingan
    Senat tomonidan 2015-yil 6-avgustda ma’qullangan
    1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi 513-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan 76-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 147-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
    2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
    hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
    davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
    3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
    LexUZ sharhi
    Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2015-yil 5-sentabrdagi 174 (6357)-sonida e’lon qilingan
    O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
    Toshkent sh.,
    2015-yil 4-sentabr,
    O‘RQ-394-son
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
    Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida
    (yangi tahriri)
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
    Ushbu Qonunning maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
    Oldingi tahrirga qarang.
    2-modda. Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonunchilik
    Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
    Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
    (2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

    Download 74.11 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




    Download 74.11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jismoniy tarbiya va sport to‘G‘risida

    Download 74.11 Kb.