• 2-bob. Jismoniy tarbiya va sport sohasini davlat tomonidan tartibga solish 6-modda. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
  • -modda. Jismoniy tarbiya va sport subyektlari




    Download 74,11 Kb.
    bet6/30
    Sana15.02.2024
    Hajmi74,11 Kb.
    #157126
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
    Bog'liq
    2 5258468115649412113
    YZDQWdRMRMuWk0FPJLf5CSHvNxRPxzVnQV4oYn91, Mavzu Xayol, kurs ishi, KORXONA IQTISODIYOTI, vkr, Amaliy ekonometrik modellar, Лагмонота 9CD3L4i, O\'zlashtirish qaydnomasi (2), Презентация без названия, Mavzu Simsiz tarmoq texnologiyalari. Bajardi-fayllar.org, 3-Mavzu matnni, Жолдасов Асан объективка, 31-Hapte, моя курсовая (4)
    5-modda. Jismoniy tarbiya va sport subyektlari
    Jismoniy tarbiya va sport subyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
    jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, shu jumladan sport-texnika tashkilotlari, jismoniy tarbiya-sport jamiyatlari, sport klublari, sport tayyorgarligi markazlari;
    LexUZ sharhi
    Qarang: mazkur Qonunning 16-moddasi.
    sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari;
    LexUZ sharhi
    Qarang: mazkur Qonunning 17 va 18-moddalari.
    sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlar;
    jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi ta’lim muassasalari;
    LexUZ sharhi
    Qarang: mazkur Qonun 34-moddasining uchinchi qismi.
    ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalari;
    LexUZ sharhi
    Qarang: mazkur Qonun 34-moddasining birinchi qismi.
    jismoniy tarbiya va sport sohasidagi tadqiqotlarni amalga oshiruvchi ilmiy tashkilotlar;
    LexUZ sharhi
    Qarang: mazkur Qonun 44-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari.
    jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar, sportchilar, sport hakamlari, trenerlar, sport bo‘yicha agentlar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislar, shuningdek jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining ishtirokchilari hamda tomoshabinlari;
    LexUZ sharhi
    Shuningdek, qarang: mazkur Qonunning 14-moddasi.
    ushbu Qonunga muvofiq boshqa organlar va tashkilotlar.
    2-bob. Jismoniy tarbiya va sport sohasini davlat tomonidan tartibga solish
    6-modda. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
    Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash:
    sportchilarning sport tadbirlarida ishtirok etishini ta’minlash;
    jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari tomonidan moddiy-texnika va axborot resurslaridan, shuningdek ilmiy-tadqiqotga oid va texnik ishlanmalar hamda texnologiyalardan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish;
    davlat mulkida bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini saqlash;
    sport tayyorgarligi bo‘yicha yangi bazalar va markazlarni, sport-ta’lim muassasalarini, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalarini, shuningdek jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini qurish hamda ishlab turganlarini rekonstruksiya qilish;
    sport klublari va maktablari, sport-ta’lim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalari, sport-sog‘lomlashtirish oromgohlari, tibbiy-jismoniy tarbiya dispanserlari faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
    Oldingi tahrirga qarang.
    jismoniy tarbiya va sport vositalaridan aholining, shu jumladan ayollar va yoshlarning, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarning sog‘lig‘ini mustahkamlash maqsadida foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish;
    (6-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
    Oldingi tahrirga qarang.
    nogironligi bo‘lgan shaxslarning va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning paralimpiya hamda surdlimpiya o‘yinlarida, nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi maxsus olimpiadalar va boshqa sport tadbirlarida ishtirok etishini rivojlantirish hamda ta’minlashga ko‘maklashish;
    (6-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
    sport tadbirlarini, ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish;
    jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining xalqaro hamkorligiga ko‘maklashish;
    jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dasturlarni, ilmiy-uslubiy tizimlarni va kompleks ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

    Download 74,11 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




    Download 74,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Jismoniy tarbiya va sport subyektlari

    Download 74,11 Kb.