• 4-modda. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
  • O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlari




    Download 74,11 Kb.
    bet5/30
    Sana15.02.2024
    Hajmi74,11 Kb.
    #157126
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
    Bog'liq
    2 5258468115649412113
    YZDQWdRMRMuWk0FPJLf5CSHvNxRPxzVnQV4oYn91, Mavzu Xayol, kurs ishi, KORXONA IQTISODIYOTI, vkr, Amaliy ekonometrik modellar, Лагмонота 9CD3L4i, O\'zlashtirish qaydnomasi (2), Презентация без названия, Mavzu Simsiz tarmoq texnologiyalari. Bajardi-fayllar.org, 3-Mavzu matnni, Жолдасов Асан объективка, 31-Hapte, моя курсовая (4)
    O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlari — milliy ijtimoiy-madaniy yo‘nalishga ega bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida rivojlanayotgan sport va o‘yin turlari;
    O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari — xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish uchun turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va boshqa mutaxassislar, tibbiyot mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislar jamoalari;
    havaskorlik sporti — sportning aholini ixtiyoriylik asosida ommaviy sportga jalb qilish orqali odamlar sog‘lig‘ini mustahkamlashga qaratilgan qismi;
    sportning harbiy-amaliy turlari — asosi harbiy xizmatchilar hamda maxsus xizmatni o‘tayotgan shaxslar tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq maxsus harakatlardan (shu jumladan usullardan) iborat bo‘lgan sport turlari.
    4-modda. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
    Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
    jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
    LexUZ sharhi
    Qarang: mazkur Qonunning 6-moddasi.
    har kimning jismoniy tarbiya va sport bilan erkin shug‘ullanishga bo‘lgan huquqini ta’minlash;
    jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat hamda jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish;
    LexUZ sharhi
    Qarang: mazkur Qonunning 2-bobi (“Jismoniy tarbiya va sport sohasini davlat tomonidan tartibga solish”).
    fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi huquqlarining davlat kafolatlarini belgilash;
    jismoniy tarbiya va sport sohasida kamsitishga hamda zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik;
    jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning, shuningdek jismoniy tarbiya va sport tadbirlari ishtirokchilari hamda tomoshabinlarining hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash;
    LexUZ sharhi
    Qarang: mazkur Qonunning 42-moddasi.
    sportning barcha turlari va tarkibiy qismlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
    Oldingi tahrirga qarang.
    nogironligi bo‘lgan shaxslar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslar, shuningdek yuqori darajada ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ko‘maklashish;
    (4-moddaning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
    LexUZ sharhi
    Qarang: mazkur Qonunning 31-moddasi.
    O‘zbekistonning milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini rivojlantirish hamda ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
    LexUZ sharhi
    Qarang: mazkur Qonunning 20-moddasi.
    fuqarolarni jismoniy tarbiyalashning uzluksizligi va davomiyligini ta’minlash;
    LexUZ sharhi
    Qarang: mazkur Qonunning 4-bobi (“Ta’lim tizimida, fuqarolarning ish joyi, yashash joyi hamda dam olish joyida jismoniy tarbiya va sport”), Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-sonli “O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
    xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
    LexUZ sharhi
    Qarang: mazkur Qonunning 45-moddasi.

    Download 74,11 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




    Download 74,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlari

    Download 74,11 Kb.