• 16-modda. Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yakka tartibdagi tadbirkorlik
  • -modda. Havaskorlik sporti va professional sport




    Download 74,11 Kb.
    bet14/30
    Sana15.02.2024
    Hajmi74,11 Kb.
    #157126
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
    Bog'liq
    2 5258468115649412113
    YZDQWdRMRMuWk0FPJLf5CSHvNxRPxzVnQV4oYn91, Mavzu Xayol, kurs ishi, KORXONA IQTISODIYOTI, vkr, Amaliy ekonometrik modellar, Лагмонота 9CD3L4i, O\'zlashtirish qaydnomasi (2), Презентация без названия, Mavzu Simsiz tarmoq texnologiyalari. Bajardi-fayllar.org, 3-Mavzu matnni, Жолдасов Асан объективка, 31-Hapte, моя курсовая (4)
    15-modda. Havaskorlik sporti va professional sport
    Fuqarolar havaskorlik sporti, shuningdek professional sport bilan sportchi, trener yoki sport hakami sifatida shug‘ullanish huquqiga ega.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Havaskorlik sporti va professional sport sohasidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tashkil etilishi hamda faoliyat ko‘rsatishi tartibi qonunchilikda belgilanadi.
    (15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    LexUZ sharhi
    Qarang: mazkur Qonunning 16-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasining Sport-jismoniy tarbiya klublari to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1559, 05.04.2006-y.).
    16-modda. Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yakka tartibdagi tadbirkorlik
    Faoliyatning asosiy turi sifatida jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki boshqa yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi jismoniy tarbiya-sport tashkilotidir.
    Yakka tartibdagi tadbirkorlar jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshirishi mumkin.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati”ning 58-bandi.
    Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar aholining turli guruhlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilishda ishtirok etadi, sportchilarni va sport musobaqalarida hamda o‘quv-mashq tadbirlarida ishtirok etuvchi boshqa mutaxassislarni tayyorlash, ularning sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash uchun shart-sharoitlar yaratadi, sportchilar va trenerlarga mashg‘ulotlar uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi, shuningdek ushbu mutaxassislarga sport natijalariga erishishi uchun boshqacha tarzda ko‘maklashadi.
    Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar xalqaro sport tashkilotlarining a’zosi bo‘lishi mumkin.
    Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari chet davlatlarning sport tashkilotlari bilan munosabatlarda xalqaro sport tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan nizomlar (reglamentlar), qoidalar va talablarga hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga rioya etadi.
    LexUZ sharhi
    Shuningdek, qarang: “O‘zbekiston Respublikasining Sport-jismoniy tarbiya klublari to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1559, 05.04.2006-y.).

    Download 74,11 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




    Download 74,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Havaskorlik sporti va professional sport

    Download 74,11 Kb.