|
-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda ishtirok etishi
|
bet | 13/30 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 74,11 Kb. | | #157126 |
Bog'liq 2 525846811564941211313-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda ishtirok etishi
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari, yoshlar tashkilotlari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlari.
3-bob. Jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni tashkil etish
14-modda. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislar
Oldingi tahrirga qarang.
Sportchilar, trenerlar, sport hakamlari va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda kasblari va lavozimlarining tasniflangan ro‘yxati belgilanadigan boshqa mutaxassislar jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislardir.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sport turlari bo‘yicha sportchi, trener va sport hakami kasblari va lavozimlariga doir malaka talablari maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarning kasblari va lavozimlariga doir malaka talablari esa qonunchilikda belgilanadi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Sport turi bo‘yicha sportchi, trener va sport hakami kasblariga qo‘yiladigan malaka talablari” (ro‘yxat raqami 2592, 03.06.2014-y.).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda ishtirok etishi
|