• 4-bob. Ta’lim tizimida, fuqarolarning ish joyi, yashash joyi hamda dam olish joyida jismoniy tarbiya va sport 29-modda. Ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish
  • Jismoniy tarbiya va sport to‘G‘risida




    Download 74,11 Kb.
    bet21/30
    Sana15.02.2024
    Hajmi74,11 Kb.
    #157126
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
    Bog'liq
    2 5258468115649412113

    28-modda. Sport pasporti
    Sport pasporti yagona namunadagi hujjat bo‘lib, sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligini va uning sport malakasini tasdiqlaydi.
    Sport pasportida quyidagilar ko‘rsatiladi:
    sportchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
    jinsi;
    tug‘ilgan sanasi;
    sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligi;
    tanlangan sport turi yoki sport turlari va sport turining tarmoqlari;
    sport unvonlari va sport razryadlari berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun zarur normalar hamda talablar bajarilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;
    sportchi tibbiy tekshiruvdan o‘tganligi to‘g‘risidagi belgi;
    sport musobaqalarida erishilgan natijalar;
    sportchining sport diskvalifikatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    davlat mukofotlari va boshqa shakldagi rag‘batlantirishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    trenerning familiyasi, ismi, otasining ismi;
    tanlangan sport turi yoki sport turlarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar.
    Sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligi sportchi va jismoniy tarbiya-sport tashkiloti o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi asosida va (yoki) sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga a’zoligi asosida aniqlanadi.
    Sport pasportlarini yuritish, berish va almashtirish, ularni hisobga olish yagona tizimining amal qilish tartibi Sport pasporti to‘g‘risidagi nizomda belgilanadi. Sport pasporti to‘g‘risidagi nizom va sport pasportining namunasi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
    LexUZ sharhi
    Qarang: “Sport pasporti to‘g‘risidagi nizom” (22.11.2017-y., ro‘yxat raqami 2949).
    4-bob. Ta’lim tizimida, fuqarolarning ish joyi, yashash joyi hamda dam olish joyida jismoniy tarbiya va sport
    29-modda. Ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish
    Ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
    asosiy ta’lim dasturlari doirasida davlat ta’lim standartlari bilan belgilangan hajmlarda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha majburiy mashg‘ulotlarni, shuningdek qo‘shimcha ta’lim dasturlari doirasida qo‘shimcha (fakultativ) jismoniy mashqlar va sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish;
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
    ta’lim oluvchilarni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan yoshlarning jismoniy tarbiya-sport tayyorgarligi bo‘yicha tadbirlar majmuini o‘tkazish uchun sport jihozlari va anjomlari bilan ta’minlash;
    ta’lim oluvchilarda individual qobiliyatlari va sog‘lig‘i holatini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sport ko‘nikmalarini shakllantirish;
    o‘quv mashg‘ulotlari paytida jismoniy tarbiya tadbirlarini amalga oshirish;
    ta’lim oluvchilarning jismoniy tarbiyasi tashkil etilishi ustidan tibbiy nazorat olib borish;
    ota-onalarda yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarda bolalarining sog‘lig‘i va ularning jismoniy tarbiyasiga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish;
    bolalar va yoshlarning jismoniy tayyorgarligini hamda jismoniy rivojlanishini har yili monitoring qilish;
    ta’lim oluvchilar ishtirokida sport tadbirlarini, shu jumladan xalq ta’limi tizimining ta’lim muassasalari o‘quvchilari (“Umid nihollari”), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari (“Barkamol avlod”) hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari (“Universiada”) ishtirokida uch bosqichli sport musobaqalari tashkil etilishi va o‘tkazilishiga ko‘maklashish.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-sonli “O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.

    Download 74,11 Kb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




    Download 74,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jismoniy tarbiya va sport to‘G‘risida

    Download 74,11 Kb.