• 44-modda. Jismoniy tarbiya va sportning ilmiy-uslubiy hamda texnik ta’minoti
  • 8-bob. Yakunlovchi qoidalar 45-modda. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xalqaro hamkorlik
  • -modda. Sport jihozi, anjomi va sport kiyim-boshi




    Download 74,11 Kb.
    bet29/30
    Sana15.02.2024
    Hajmi74,11 Kb.
    #157126
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
    Bog'liq
    2 5258468115649412113

    43-modda. Sport jihozi, anjomi va sport kiyim-boshi
    Oldingi tahrirga qarang.
    Sport jihozi, anjomi va sport kiyim-boshi milliy standartlar, normalar hamda talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
    (43-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi O‘RQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
    44-modda. Jismoniy tarbiya va sportning ilmiy-uslubiy hamda texnik ta’minoti
    Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda o‘tkazishni ta’lim muassasalari va tarkibida ilmiy markazlar tashkil etiladigan boshqa tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, belgilangan tartibda tashkil etilgan hamda o‘z faoliyatini davlat buyurtmalari va boshqa buyurtmalar asosida olib boradigan laboratoriyalar amalga oshiradi.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 3-iyuldagi PQ-1994-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori.
    Ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar jismoniy tarbiya vositalari bilan aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni ishlab chiqadi hamda amaliyotga joriy etadi, sport zaxiralarini va O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini xalqaro sport tadbirlariga tayyorlashni ilmiy jihatdan ta’minlashni takomillashtiradi.
    Maxsus vakolatli davlat organi, boshqa davlat organlari hamda tashkilotlari ta’lim muassasalari va tashkilotlariga jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda, shuningdek dolzarb ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmalari hamda boshqa buyurtmalarni shakllantirishda ko‘maklashadi, ilmiy-tadqiqot ishlarining yakunlarini tahlil qiladi va ularning faoliyatiga yordam ko‘rsatadi.
    8-bob. Yakunlovchi qoidalar
    45-modda. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xalqaro hamkorlik
    Oldingi tahrirga qarang.
    Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xalqaro hamkorlik xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.
    (45-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

    Download 74,11 Kb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




    Download 74,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Sport jihozi, anjomi va sport kiyim-boshi

    Download 74,11 Kb.