-bob. Sport zaxirasini tayyorlash




Download 74,11 Kb.
bet23/30
Sana15.02.2024
Hajmi74,11 Kb.
#157126
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
2 5258468115649412113

5-bob. Sport zaxirasini tayyorlash
32-modda. Yuqori malakali sportchilarni va sport zaxirasini tayyorlash
Oldingi tahrirga qarang.
Yuqori malakali sportchilarni va sport zaxirasini tayyorlash ixtisoslashtirilgan sport ta’limi muassasalari, shu jumladan olimpiya zaxiralari kollejlari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, shuningdek jismoniy tarbiya-sport jamiyatlari, sport-texnika tashkilotlari, sport klublari, sport tayyorgarligi markazlari, maktablar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislar tomonidan amalga oshirilib, ularni tayyorlash tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(32-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 34-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son “Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Yuqori malakali sportchilarni va sport zaxirasini tegishli sport kiyim-boshi, sport ekipirovkasi, sport jihozi va anjomi, biologik va tibbiy-tiklovchi preparatlar bilan ta’minlash, shuningdek ularning kuch-quvvat sarfini hamda jismoniy resurslarini kompensatsiya qilish, tibbiy xizmat ko‘rsatishni (profilaktika, davolash) ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rni qoplanishini moliyalashtirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuqori malakali sportchilarni va sport zaxirasini sport turlarining o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq holda tayyorlash mazkur sport turi bo‘yicha trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(32-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)

Download 74,11 Kb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Download 74,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Sport zaxirasini tayyorlash

Download 74,11 Kb.