-modda. Asosiy tushunchalar




Download 74,11 Kb.
bet2/30
Sana15.02.2024
Hajmi74,11 Kb.
#157126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
2 5258468115649412113
YZDQWdRMRMuWk0FPJLf5CSHvNxRPxzVnQV4oYn91, Mavzu Xayol, kurs ishi, KORXONA IQTISODIYOTI, vkr, Amaliy ekonometrik modellar, Лагмонота 9CD3L4i, O\'zlashtirish qaydnomasi (2), Презентация без названия, Mavzu Simsiz tarmoq texnologiyalari. Bajardi-fayllar.org, 3-Mavzu matnni, Жолдасов Асан объективка, 31-Hapte, моя курсовая (4)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy reabilitatsiya — odam organizmining buzilgan yoki vaqtincha yo‘qotilgan funksiyalarini hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning ijtimoiy hamda kasbiy faoliyatga bo‘lgan qobiliyatlarini jismoniy tarbiya va sport vositalari hamda usullaridan foydalangan holda tiklash (tuzatish va kompensatsiya qilish);
(3-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
jismoniy tarbiya — madaniyatning insonni jismoniy tarbiyalash, jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, uning qobiliyatini va harakat faolligini takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish maqsadida jamiyat tomonidan yaratiladigan hamda foydalaniladigan qadriyatlar, normalar va bilimlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan qismi;
jismoniy tarbiyalash — yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon;
jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi — o‘z tashabbusi bilan jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri o‘tkazayotgan va (yoki) bunday tadbirni tayyorlash hamda o‘tkazishni tashkiliy, moliyaviy va moddiy jihatdan ta’minlashni amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish inshooti — ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, o‘ziga qo‘yiladigan norma va talablarga javob beradigan yopiq yoki ochiq tipdagi inshoot;
(3-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)

Download 74,11 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Download 74,11 Kb.