-modda. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining vakolatlari




Download 74,11 Kb.
bet8/30
Sana15.02.2024
Hajmi74,11 Kb.
#157126
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
2 5258468115649412113
YZDQWdRMRMuWk0FPJLf5CSHvNxRPxzVnQV4oYn91, Mavzu Xayol, kurs ishi, KORXONA IQTISODIYOTI, vkr, Amaliy ekonometrik modellar, Лагмонота 9CD3L4i, O\'zlashtirish qaydnomasi (2), Презентация без названия, Mavzu Simsiz tarmoq texnologiyalari. Bajardi-fayllar.org, 3-Mavzu matnni, Жолдасов Асан объективка, 31-Hapte, моя курсовая (4)
8-modda. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
Maxsus vakolatli davlat organi:
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat dasturlarini hamda maqsadli dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan monitoring va nazoratni, shuningdek jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi tahlilini amalga oshiradi;
(8-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
o‘z vakolatlari doirasida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek sport normativlarini ishlab chiqishni amalga oshiradi hamda ularni tasdiqlaydi;
sport markazlarini va dopingga qarshi markazlarni, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim muassasalarini hamda ilmiy tashkilotlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritadi va ularning faoliyati tashkil etilishini ta’minlaydi;
Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifini, shuningdek u to‘g‘risidagi nizomni, sport turlarini va sport turlarining tarmoqlarini e’tirof etish, ularning reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017-yil 4-iyuldagi 3-mh-son qarori bilan tasdiqlangan “Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizom”.
sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritadi, uni yuritish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 19-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017-yil 9-oktabrdagi 11-mh-son qarori bilan tasdiqlangan “Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritish va undan ma’lumotlar taqdim etish tartibi to‘g‘risida nizom”.
xalqaro va respublika miqyosidagi Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantiradi hamda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ularning moliyalashtirilishi va o‘tkazilishini ta’minlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 24-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
sport unvonlari, sport razryadlari va malaka toifalarini berish tartibini tasdiqlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 23-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan “Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”, “Sport hakamlari va ularning malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom” (ro‘yxat raqami 2942, 27.10.2017-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;
(8-modda ikkinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 918-son qarori bilan tasdiqlangan “Trenerlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida nizom” va “O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyati to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2247, 22.07.2011-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
qabul qilib olishda va sport musobaqalari o‘tkazilishidan oldin jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish yoki sport inshootlarining belgilangan standartlarga muvofiqligini tekshiradi;
(8-modda ikkinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 39-moddasi.
O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari tarkiblarini va ularning yaqin zaxirasini tasdiqlaydi, O‘zbekiston sport delegatsiyalarini jamlaydi, ularning tayyorgarlik ko‘rishini hamda xalqaro sport musobaqalarida va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida ishtirok etishini ta’minlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 6-bobi (“O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari va ularni shakllantirish”), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-apreldagi 121-sonli “Terma jamoalar hamda ularning zaxirasini sport musobaqalariga tayyorlashni, shuningdek ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etadi hamda o‘tkazadi, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
(8-modda ikkinchi qismining o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport uchun mo‘ljallangan tovarlar ishlab chiqarilishini tashkil etishga ko‘maklashadi;
yangi jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari qurilishini hamda ishlab turganlari rekonstruksiya qilinishini tashkil etishga ko‘maklashadi;
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha ilmiy, o‘quv, ilmiy-ommabop va ommaviy adabiyotlar tayyorlanishi va nashr etilishini, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida foto- va videomateriallar chiqarilishini tashkil etadi;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari ommalashtirilishini tashkil etadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 465-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi to‘g‘risida nizom”.

Download 74,11 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Download 74,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining vakolatlari

Download 74,11 Kb.