-modda. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari




Download 74,11 Kb.
bet11/30
Sana15.02.2024
Hajmi74,11 Kb.
#157126
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
2 5258468115649412113

11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
ta’lim muassasalarida bolalar sportini rivojlantirishni va ularning sport bazasini mustahkamlashni ta’minlaydi;
bolalar va o‘quvchi yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tadbirlarini tashkil etadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
xalq ta’limi tizimining ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida sport musobaqalarini (“Umid nihollari”) tashkil etishda ishtirok etadi;
bolalar sportining moddiy-texnika va resurs bazasini rivojlantirish choralarini ko‘radi;
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-maydagi PQ-1332-sonli “Bolalar sporti obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
bolalarga sportga muhabbatni singdirish, o‘sib kelayotgan avlodda sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzini olib borish, jismoniy va ma’naviy komillikka intilish muhimligi tushunchasini shakllantirish, bolalarni salbiy ta’sirlardan himoya qilishga va zararli odatlardan xalos etishga doir chora-tadbirlar majmuini amalga oshiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
bolalarni jismoniy tarbiyalashning zamonaviy shakllari hamda usullarini, bolalarning jinsi va yoshiga qarab ularga sport ko‘nikmalarini singdirishning, sportga qobiliyatli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport ta’lim muassasalarida o‘qitish uchun tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni hamda joriy etishga ko‘maklashishni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risida nizom”.

Download 74,11 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Download 74,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari

Download 74,11 Kb.