|
-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari
|
bet | 12/30 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 74,11 Kb. | | #157126 |
Bog'liq 2 525846811564941211312-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat dasturlarini hamda maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi tadbirlarning mahalliy budjetdan moliyalashtirilishini ta’minlaydi;
jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarini tashkil etishga ko‘maklashadi hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi;
aholi o‘rtasida sport normativlarini topshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish hamda o‘tkazishga, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son)
havaskorlik jismoniy tarbiya-sport harakatini rivojlantirish uchun fuqarolarning ish joyi, yashash joyi hamda dam olish joyida shart-sharoitlar yaratadi;
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport uchun mo‘ljallangan tovarlar ishlab chiqarilishini tashkil etishga ko‘maklashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni.
|
| |