-modda. O‘zbekiston olimpiya harakati. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi




Download 74,11 Kb.
bet15/30
Sana15.02.2024
Hajmi74,11 Kb.
#157126
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
2 5258468115649412113

17-modda. O‘zbekiston olimpiya harakati. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi
O‘zbekiston olimpiya harakati Xalqaro olimpiya harakatining tarkibiy qismi bo‘lib, uning maqsadi olimpiya harakati prinsiplarini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ko‘maklashish, sport sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, Olimpiya o‘yinlarida hamda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi boshchiligida o‘tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etishdan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston olimpiya harakati O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi — respublika nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan boshqariladi, ushbu qo‘mita o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Olimpiya xartiyasiga hamda o‘z ustaviga muvofiq amalga oshiradi. Davlat O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga o‘z ustavida belgilangan maqsadlarini amalga oshirishiga har tomonlama ko‘maklashgan holda, O‘zbekiston olimpiya harakatini tan oladi va qo‘llab-quvvatlaydi.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi:
olimpiya harakati prinsiplarini ommalashtiradi, yuksak yutuqlarga erishiladigan sportni va ommaviy sportni rivojlantirishga ko‘maklashadi;
Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Olimpiya xartiyasiga muvofiq Olimpiya o‘yinlarida hamda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi boshchiligida o‘tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish yuritadi;
sportchilarni Olimpiya o‘yinlarida hamda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi boshchiligida o‘tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etishga tayyorlashning zarur darajasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
sportda dopingning oldini olish hamda unga qarshi kurashishga, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida kamsitish va zo‘ravonlikning har qanday shakllari yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashadi;
Xalqaro olimpiya qo‘mitasining hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining olimpiya ramzlari, shiori, bayrog‘i, madhiyasidan, “olimpiya”, “olimpiada” nomlaridan foydalanishga bo‘lgan huquqlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida himoya qilish choralarini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi o‘z vakolatlarini maxsus vakolatli davlat organi, sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(17-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 74,11 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Download 74,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. O‘zbekiston olimpiya harakati. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi

Download 74,11 Kb.