|
-modda. Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish. Sport turlarining reyestri
|
bet | 18/30 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 74,11 Kb. | | #157126 |
Bog'liq 2 525846811564941211322-modda. Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish. Sport turlarining reyestri
O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda e’tirof etilgan sport turlari va sport turining tarmoqlari sport turlari reyestriga kiritiladi.
Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish hamda ularni sport turlari reyestriga kiritish tartibi, shuningdek ushbu reyestrni yuritish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom” (ro‘yxat raqami 2923).
23-modda. Sport unvonlari, sport razryadlari, malaka toifalari. Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi
O‘zbekiston Respublikasida quyidagi sport unvonlari, sport razryadlari, malaka toifalari belgilanadi:
a) sport unvonlari:
Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster;
O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri;
b) sport razryadlari:
O‘zbekiston sport ustaligiga yoki O‘zbekiston grossmeysterligiga nomzod;
birinchi sport razryadi;
ikkinchi sport razryadi;
uchinchi sport razryadi;
o‘smirlar uchun birinchi sport razryadi;
o‘smirlar uchun ikkinchi sport razryadi;
o‘smirlar uchun uchinchi sport razryadi;
v) sport hakamlarining malaka toifalari:
xalqaro toifali sport hakami;
milliy toifali sport hakami;
birinchi toifali sport hakami;
ikkinchi toifali sport hakami;
uchinchi toifali sport hakami;
sport bo‘yicha hakam;
g) trenerlarning malaka toifalari:
xalqaro toifali trener;
oliy toifali trener;
birinchi toifali trener;
ikkinchi toifali trener;
d) yo‘riqchi-uslubchilarning malaka toifalari:
oliy toifali yo‘riqchi-uslubchi;
birinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi;
ikkinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi.
Sport unvonlari, sport razryadlari hamda malaka toifalarini berish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyati to‘g‘risida”gi nizomning III bobi (ro‘yxat raqami 2247, 22.07.2011-y.).
Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari bo‘yicha tegishli sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan normalar hamda talablarni, shuningdek ularni bajarish shartlarini belgilaydi. Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizomda mazkur normalar, talablar va shartlarning mazmuni, shuningdek sport turlari bo‘yicha sport unvonlari va sport razryadlarini berish tartibi belgilanadi.
Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi va u to‘g‘risidagi nizom maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizom”gi nizom (ro‘yxat raqami 2921).
|
| |