-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari




Download 74,11 Kb.
bet10/30
Sana15.02.2024
Hajmi74,11 Kb.
#157126
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
2 5258468115649412113

10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
o‘quv-tarbiya jarayonining sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishini ro‘yobga chiqarish, sog‘lom turmush tarzi normalarini joriy etish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashda ishtirok etadi;
(10-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari (“Barkamol avlod”) hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari (“Universiada”) o‘rtasida sport musobaqalarini tashkil etishda ishtirok etadi;
oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda tashkilotlari sport obyektlarining moddiy-texnika va resurs bazasi saqlanishi hamda rivojlantirilishini ta’minlaydi;
o‘quvchilar va talabalarga sog‘lom turmush tarzini, sport bilan shug‘ullanishning muhimligi, jismoniy va ma’naviy komillikka intilish tushunchasini singdirishga, ularni salbiy ta’sirlardan himoya qilishga hamda zararli odatlardan xalos etishga doir chora-tadbirlar majmuini amalga oshiradi;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
o‘quvchilar va talabalarni jismoniy tarbiyalashning zamonaviy shakllari hamda usullarini, jinsi va yoshiga qarab ularga sport ko‘nikmalarini singdirishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni hamda joriy etishga ko‘maklashishni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 74,11 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Download 74,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari

Download 74,11 Kb.