-bob. Jismoniy tarbiya va sportning moddiy, tibbiy, moliyaviy hamda boshqa ta’minoti




Download 74,11 Kb.
bet27/30
Sana15.02.2024
Hajmi74,11 Kb.
#157126
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
2 5258468115649412113

7-bob. Jismoniy tarbiya va sportning moddiy, tibbiy, moliyaviy hamda boshqa ta’minoti
39-modda. Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari
Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari xususiy yoki ommaviy mulk bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini xususiylashtirish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(39-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z hududida jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarining rejalashtirilishi, loyihalashtirilishi, qurilishi hamda foydalanishga topshirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(39-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son)
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-maydagi 130-sonli “Sport obyektlarini qurish tartibini yanada takomillashtirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanish shartlari, normalari, talablari hamda qoidalari, shuningdek ularga tegishli toifalarni berish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida fuqarolarning ayrim toifalariga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozli asosda xizmatlar ko‘rsatilishi mumkin.
(39-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ta’lim muassasalarini, turar joy dahalarini zarur jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari majmuini barpo etmasdan qurishga va rekonstruksiya qilishga, shuningdek jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini shu hudud doirasida ularga teng inshootlarni barpo etmasdan tugatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarining namunaviy shtat birliklarini belgilash normalari hamda talablari, ijara haqini hisoblash uslubi va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek ta’lim muassasalari, korxonalar, turar joy dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam ta’minlanish normativlari qonunchilikda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Ta’lim muassasalari, korxonalar, turar joy dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam ta’minlanish normativlari” (ro‘yxat raqami 2614, 10.09.2014-y.).
Sport obyektlari bo‘lmagan ayrim yer va suv hududi uchastkalarida, shuningdek havo hududi uchastkalarida sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazishga bu uchastkalarni vaqtinchalik sport obyektlari (trassalari) sifatida rasmiylashtirgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
(39-moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 74,11 Kb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Download 74,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Jismoniy tarbiya va sportning moddiy, tibbiy, moliyaviy hamda boshqa ta’minoti

Download 74,11 Kb.