• Pullik tibbiy xizmat tizimi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti barnoyeva Gulmira Valiyevna




    Download 285.26 Kb.
    bet8/17
    Sana06.05.2023
    Hajmi285.26 Kb.
    #57204
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
    Bog'liq
    Buxoro davlat universiteti
    Biotexnologiya haqida tushuncha, 2-amaliy mashg`ulot, anatomik-terminologiya, 1.Muhamadiyev Muzaffar QADIMGI SHARQ MAMLAKATLARI XARITALARI VA ULARDA, ВОЛШЕБНЫЙ МИР КНИГ, Дарс тахлил, Mavzu Determinantlar va ularning xossalari. Reja-fayllar.org, Диплом чикариш учун (2), 1 AMALIY ISH---, Mavzu 3, Smart traffic light SRS (1), 6 ma\'ruza, 04Lomaeva2, tibbiy-veb-saytlar-yaratish-samaradorligi
    Bepul tibbiy xizmat tizimi. Bepul tibbiy xizmat tizimi davlat tibbiy-sanitariya xizmatlarining kafolatlangan hajmi doirasida bepul tibbiy xizmat ko’rsatilishini ta’minlaydi, shu jumladan;
    -shoshilinch, kechiktirib bo’lmaydigan tibbiy yordam ko’rsatish, sog’liqni saqlash tizimining dastlabki bo’g’inida va bir qator davlat davolash-profilaktika muassasalarida, eng avvalo qishloq joylardagi shunday muassasalarda tibbiy xizmatlar ko’rsatish, aholini bir qancha yuqumli kasalliklarga qarshi immunizasiyalash va emlash, ijtimoiy ahamiyatdagi kasalliklar va atrofdagilarga xavf tug’diruvchi kasalliklar bo’yicha (sil kasalligi, o’sma, psixiatriya, narkologiya, endokrinologiya hamda kasb kasalliklariga duchor bo’lgan shaxslarga) ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatish, bolalarni tekshiruvdan o’tkazish va davolash (pulli kasalxonalardan tashqari), 15-17 yoshdagi o’smirlarni hamda chaqiruv komissiyalarning yo’llanmalari bo’yicha chaqiruv yoshidagi (18-27 yosh) shaxslarni tekshiruvdan o’tkazish va davolash, homiladorlarga tibbiy xizmatlar ko’rsatish (pulli muassasalardan tashqari), bemorlarning imtiyozli toifalari (nogironlar, urush fahriylari, chin yetimlar) ni davlat davolash-profilaktika muassasalarida davolash.
    Pullik tibbiy xizmat tizimi. Pullik tibbiy xizmat xarajatlarni yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’lari hisobidan qoplash yo’li bilan xususiy moliyalashtirish asosida hamda, shuningdek xarajatlarni davlat byudjeti dotatsiyalari hisobiga qisman qoplash yo’li bilan aralash moliyalash shakllandi.
    Farzand tarbiyasi yurt taraqqiyoti, jamiyat ravnaqida muhim ahamiyatga egadir. Shu bois mamlakatimizda istiqlolning ilk yillaridan boshlab Prezidentimiz rahnamoligida sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning qonuniy huquq hamda manfaatlarini ta’minlash, qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy an’ana hamda qadriyatlarimizga hurmat tuyg’ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmokda.
    Bu jihatlar Konstitusiyamizda, qolaversa, ,,Ta’lim to’g’risida”gi, ,,Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunlar hamda mazkur yo’nalishda qabul kilingan bir qator dasturlarda o’z ifodasini topgan. Onalik va bolalikni muhofazalash, sog’lom zurriyotni dunyoga keltirish borasida ko’rilayotgan keng qamrovli ishlar tufayli mustaqillik yillarida onalar va bolalar o’limi uch baravar kamaydi42. Bunday ko’rsatkich bo’yicha bugun O’zbekiston nafaqat MDH, balki dunyodagi yetakchi mamlakatlar safidan joy oldi. Poliomiyelit, qoqshol, difteriya kabi xastaliklarga butunlay barham berildi. Oxirgi yillarda qizamiq, va qizilcha kasalliklari umuman qayd etilmadi. So’nggi o’n yilda esa 10 yoshgacha bo’lgan bolalarda gepatitning V turi ro’yxatga olinmadi43. Bularning barchasi aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzi darajasi tobora yuksalib borayotganining ifodasi, sog’lom avlodni dunyoga keltirish yo’lidagi sa’y-harakatlar samarasidir. Prezidentimiz rahnamoligida sifat jihatidan eng yuksak talablarga javob beradigan birlamchi tibbiyot, respublika va viloyatlar shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish, xirurgiya, kardiologiya, urologiya, ko’z mikroxirurgiyasi kabi o’nlab ixtisoslashtirilgan yirik markazlarni o’z ichiga olgan tibbiyot muassasalarining mukammal tarmog’i yaratildiki bu, o’z navbatida, yurtimizda salomatlik ko’rsatkichlari barqaror saqlanib turishida ham muhim omil bo’ldi. Qolaversa, o’tgan yillar mobaynida "Sog’lom ona - sog’lom bola” g’oyasini o’zida mujassam etgan dastur asosida keng ko’lamli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga joriy etilishi natijasida skrining va perinatal markazlari milliy tibbiyotimizdan mustahkam o’rin egalladiMa’lumotlarga qaraganda, agar 2005 yilda yurtimizda mutlaqo sog’lom bolalar ko’rsatkichi 52,7 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2011 yilda bu raqam 62,9 foizga yetdi. Dunyoning rivojlangan davlatlarida bu kursatkich 70-72 foizni tashkil etishini inobatga olsak, mamlakatimiz bu masala bo’yicha ham qanchalik yuksak o’sish sur’atlariga erishayotganligiga amin bo’lamiz.1- Prezidentimiz Islom Karimovning 2009 yil 13 apreldagi "Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog’lom avlodni shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida" gi, 2009 yil 1 iyulda qabul qilingan “2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog’lom bola tug’ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to’g’risida,, gi Qarorlari asosida bu boradagi ishlar yangi bosqichga ko’tarildi44.
    Keng miqyosda amalga oshirilayotgan ,,Sog’lom ona — sog’lom bola” dasturi umum milliy harakatga aylandi. Muruvvat uylari, maxsus maktab-internatlarning moddiy-texnik bazasi ham mustahkamlanib, ta’lim-tarbiya, sog’lomlashtirish tizimi tobora takomillashmoqda. Sog’liqni saqlash tizimida olib borilgan islohotlar natijasida erishilgan yutuqlar xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholanib kelinmoqda. 2010- yilda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan o’zbek milliy tibbiyot modeli boshqa mamlakatlarga namuna sifatida tavsiya etildi. Buyuk Britaniyaning ,,Save the children” (,,Bolalarni asraylik”) tashkiloti tomonidan 2011 yilda O’zbekiston 161 ta davlat orasida bolalar salomatligini muhofaza kilish bo’yicha o’nta yetakchi davlat safidan o’rin egalladi.
    Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish va uni yangi bosqichga ko’tarish ishlarida davlat tuzilmalari qatori mamlakatimizning ko’plab jamoat tashkilotlari ham faol ishtirok etdi. Ular orasida Prezidentimiz Islom Karimovning 1993 yil 23 aprelda qabul qilingan Farmoniga binoan tashkil etilgan “Sog’lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo’lmagan xalqaro xayriya jamg’armasi alohida o’rin tutadi. Jamg’arma xotin-qizlar va bolalar salomatligini mustahkamlash, aholiga sanitariya-gigiyena qoidalarini yetkazish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishga salmoqli hissa qo’shmoqda. Jamg’arma davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish bilan birga, sog’lom avlod tug’ilishi va uni tarbiyalashdek muhim vazifalarga to’liq javob beradigan o’zining ko’plab loyihalarini ham hayotga tatbiq etdi.
    Sog’liqni saqlash tizimini tubdan isloh etish doirasida jahon hamjamiyati tomonidan boshqa mamlakatlar uchun namuna sifatida e’tirof etilgan Onalik va bolalikni muhofaza kilish milliy modeli yaratildi. Bugun ko’plab davlatlar O’zbekistonda yaratilgan modelni hisobga olgan holda, sog’likni saqlash sohasida o’z islohotlar strategiyasini ishlab chiqmoqda. O’zbekistonning jahon reytingida bolalar salomatligi haqida eng ko’p g’amxo’rlik ko’rsatilayotgan o’n davlat qatoridan joy olgani mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan ulkan ishlar o’zining yuksak samaralarini berayotganidan dalolatdir.
    Tug’ruqxona komplekslari va bolalar tibbiyot muassasalarining faoliyati Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti standartlariga javob beradigan ilg’or tashxis qo’yish, profilaktika va davolash texnologiyalariga asoslangan. Mamlakatimizning barcha xududlarida skrining-markazlar tarmog’ining tashkil etilishi hisobidan irsiy kasalliklar va rivojlanishda tug’ma nuqsonlari bor bolalarning tug’ilishi sezilarli darajada kamaydi45. Perinatal markazlar tarmog’ida yangi tibbiy uslublar ko’magida eng murakkab holatlarda ham bolalarning sog’lom tug’ilishida yordam ko’rsatildi. Barcha tibbiyot muassasalari xalqaro standartlar asosida tayyorlangan yuqori malakali kadrlar bilan taminlandi. Har yili tug’ish yoshidagi ayollar va bolalarni ommaviy profilaktika ko’rigidan o’tkazish yo’lga qo’yildi. Vitaminlar va mikroelementlar yetishmasligini, xususan, unni to’yintirish hamda tuzni yodlash orqali oldini olish bo’yicha dastur muvaffakiyatli amalga oshirildi va bu tadbirlar davom ettirildi. Ikki yoshgacha bo’lgan bolalarning barchasi emlanmokda. Ushbu chora-tadbirlar natijasida xotin-qizlar hamda bolalar va umuman, mamlakatimiz aholisining kasallanish darajasi ancha kamaydi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 22 fevraldagi Qaroriga asosan “Sog’lom avlod uchun” jamg’armasi tomonidan noyob tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimi tashkil etildi. Bu vazifani mamlakatimizning har bir hududida shakllantirilgan sayyor brigadalar mutaxassislari amalga oshirdilar. Ular oilalarning ijtimoiy-iqtsodiy sharoiti, ulardagi psixologik muhit va oila a’zolarining salomatligini o’rganmoqda. Bunday patronaj tizimi faoliyat ko’rsatishni boshlagandan buyon zamonaviy tashxis qo’yish va davolash uslublaridan foydalangan holda, 3 million nafardan ortiq kishi, asosan, olis aholi punktlarida yashaydigan xotin-qizlar hamda bolalar tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, sog’lomlashtirildi46.
    Ko’makka muhtoj oilalarga manzilli ijtimoiy yordam ko’rsatildi. Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalari bir paytning o’zida oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirish, aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan keng sanitariya-ma’rifat ishlarini ham amalga oshirdi. Shu maqsadda mahallalar, ta’lim muassasalarida mutaxassislar ishtirokida uchrashuvlar, davra suhbatlari uyushtirildi. Jamg’arma tomonidan o’sib kelayotgan yosh avlodni sog’lomlashtirish va barkamol tarbiyalashga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirish borasida o’nlab loyihalar hayotga tatbiq etildi. Masalan, Sog’iqni saqlash Vazirligi va O’zbekiston temir yo’llari davlat aksiyadorlik kompaniyasi ishtirokida Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasiga sakkiz marta “Salomatlik poyezdi” tashkil etildi. Bu poyezdlarning shifokorlar brigadalari tarkibiga mamlakatimiz yetakchi klinikalarining tashxis qo’yish va davolash bilan shug’ullanadigan turli soha mutaxassislari kiritilgan bo’lib, ular aholiga tibbiy maslahatlar berdilar va davolash va profilaktik yordam ko’rsatdilar.
    Bundan tashqari, joylarda aholi, birinchi navbatda, ko’p bolali va kam taminlangan oilalarga xayriya yordami kursatildi, dori-darmonlar, vitaminlar va gigiyena vositalari berildi. O’zbekiston xotin-qizlar va bolalarni bepul skrining-tekshiruvdan o’tkazish bo’yicha tizim faoliyat ko’rsatayotgan dunyodagi kam sonli va MDH dagi yagona mamlakatga aylandi. Ona va bola skriningi davlat dasturi ijrosini ta’minlash doirasida so’nggi 2012-2013 yillarda mamlakatimiz skrining markazlarida qariyb uch million neonatal tadqiqot o’tkazildi. Xavfli guruhga kiradigan chaqaloqlarda irsiy kasalliklarning oldini olish maqsadida zarur preparatlar va maxsus bolalar ozuqalari bepul berildi.
    Sog’liqni saqlash muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy davolash-tashxis qo’yish asbob-uskunalari, inventar va dori-darmonlar bilan ta’minlash borasida ham salmokli ishlar amalga oshirilmoqda. Toshket viloyatining O’rta Chirchiq tumanidagi bolalar shifoxonasi, Nukus shahridagi tugruqxona kompleksi, Chortoq bolalar sanatoriysi, boshqa tibbiyot hamda sog’lomlashtirish muassasalariga shunday manzilli yordam ko’rsatildi. Toshkentda Sog’lom avlod uchun jamgarmasi Tibbiy-ijtimoiy markazining yangi binosi kurilib, to’liq jihozlandi. Jamg’arma mamlakatimiz hududlaridagi shifokorlarning xorijiy tibbiyot markazlarida malakasini oshirishga ham ko’maklashmoqda. Jamgarma xorijiy sheriklar yordamida tug’ma kasalliklari va rivojlanishda nuksonlari bor bolalarni mamlakatimizdagi, Avstriya, Germaniya va Janubiy Koreyadagi eng yaxshi klinikalarda bepul va tezkorlik bilan davolashni yo’lga qo’ydi.
    E’tiborlisi shundaki, sog’likni saqlash tizimini yanada yaxshilash maqsadini ko’zlab ajratilayotgan byudjet mablag’lari yildan-yilga ko’payib bordi. Jumladan, 2011 yilda soha rivoji uchun davlat byudjetidan 2,2 trillion so’m ajratilgan bo’lsa, (ya’ni 2012 yilda) joriy yilda ushbu ko’rsatkich 2,8-trillion so’mni tashkil etishi ko’zda tutilmokda47. 2012 yilgi Investisiya dasturi doirasida 150 dan ziyod hududiy va respublika miqyosidagi tibbiyot muassalarida qurilish hamda rekonstruksiya ishlari jadal olib borildi. Ushbu maksadda davlat byudjeti xisobidan qariyb 256 milliard so’m sarflandi.
    Xayriya faoliyatiga ham katta etibor qaratilmoqda. Mehribonlik uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari, nogiron bolalar, serfarzand va kam ta’minlangan oilalarga alohida g’amxo’rlik ko’rsatilmokda. Shubhasiz, sog’lom turmush tarzini ta’minlashda eng yaxshi vosita — bu jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdir. Shuning uchun xotin-qizlar va bolalar, ayniqsa, qizlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga jalb etish jamg’arma faoliyatida muhim o’rin tutdi



    Download 285.26 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




    Download 285.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti barnoyeva Gulmira Valiyevna

    Download 285.26 Kb.