• Atribut (ustun) Jadvaldagi ma`lumotlar manzili satr va ustunlar kesishmasi bilan aniqlanadi. Atribut
  • Oddiyligi (Soddalik)
  • Muayyanligi (Aniqlilik)
  • Maxfiyligi
  • Bog`langanligi
  • Ma`lumotlar mustaqilligi
  • Ma`lumotlarning relyatsion modellari




    Download 1,89 Mb.
    bet40/52
    Sana05.12.2023
    Hajmi1,89 Mb.
    #111655
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52
    Bog'liq
    Tahrirlangan

    Ma`lumotlarning relyatsion modellari
    Ierarxik va tarmoqli modellarning kamchiliklarini bartaraf etish ustida izlanishlar olib borildi. Natijada, 1970 yil IBM firmasining xodimi E.F. Kodd tomonidan munosabatlarning matematik nazariyasi asosida relyatsion model g`oyasi ishlab chiqildi va u hozirgi paytda eng ko`p tarqalgan model hisoblanadi.
    Relyatsion (lotin tilidagi relatio-munosabat so`zidan olingan) modelda ma`lumotlarni saqlash, uni tashkil etuvchi qismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. Ma`lumotlarning jadval ko`rinishida berilishi ma`lumotlarning relyatsion modeli deyiladi. Relyatsion modelli MB dagi malumotlar oddiy ikki o`lchovli jadvallarda saqlanadi va jadvallar o`zaro bir-biri bilan bog`lanadi. Ular orasidagi o`rnatilgan bog`liqlik qayta ishlash samaradorligini oshiradi hamda bir xil ma`lumotlarning takrorlanishini kamaytiradi.
    Jadvallarda ustunlar maydonlar yoki atributlar, satrlar yozuvlar deb ataladi. Atributlar MB ning tuzilmasini, yozuvlar esa, unda joylashgan ma`lumotlarni tashkil etadi.
    Atribut (ustun)
    Jadvaldagi ma`lumotlar manzili satr va ustunlar kesishmasi bilan aniqlanadi.
    Atribut – jadval ustunlari
    Yozuv – atributlar yig`indisi yoki jadval satri
    Jadval yacheykasiatribut va yozuv kesishmasi
    Relyatsion modelda MB bo`yicha har bir jadval takrorlanmas nomga ega bo`ladi. Jadvallarga esa birqancha talablar qo`yiladi:

    • jadval yacheykasi qiymati tuzilma bo`yicha bo`linmasdir. Har bir yacheyka

    qiymatlarning faqat bir qismini olishi mumkin. Bu xossa ko`pincha ma`lumotning bo`linmaslik printsipi ham deyiladi;

    • bir atribut (ustun) qiymatlari bir tipga ega;

    • har bir yozuv (qator, satr) takrorlanmasdir;

    • atributlar (ustunlar) ixtiyoriy tartibda joylashtiriladi;

    • yozuvlar (qatorlar, satrlar) jadvalga ixtiyoriy tartibda joylashtiriladi;

    • atributlar (ustunlar) takrorlanmas nomga ega.

    Jadvalning tuzilishi ustunlarning yig`indisi bilan belgilanadi. Jadvalning har bir satrida tegishli ustunga mos keluvchi bittadan mazmun joylashgan bo`lib, unda ikkita bir xil satr bo`lishi mumkin emas. Ustunlar soni chegaralangan bo`lsada, satrlarning umumiy soni chegaralanmagan. Jadvalda ustun va satrlarning joylashish tartibi ahamiyatga ega emas.
    Yozuvlarning yagonaligini ta`minlash uchun jadvalning bir yoki bir necha maydonlaridan iborat bo`lgan kalitlardan foydalaniladi. MBBT ga qo`yiladigan talablardan biri katta hajmdagi axborotlar ichidan yozuvlarni tezroq topish imkoniyatidir. Kalitli maydonlar bu ishni bajarishni tezlashtirishga imkon beradi.
    Ma`lumotlar relyatsion asoslarining ayrim afzallik (ustunlik)lari:
    - Oddiyligi (Soddalik). Ko`pchilik ma`lumotlar tuzilishini taqdim etishda ikki o`lchovli jadvallardan foydalanish eng oddiy usul hisoblanadi.
    - Ixchamligi (Moslanuvchanlik). Proektsiyalash va bog`lash operatsiyalari munosabatlarni kesmoq va yopishtirmoqqa yo`l qo`yadiki, unda amaliy dasturchilar har xil fayllarni kerakli formada olishi mumkin.
    - Muayyanligi (Aniqlilik). Matematik aniq usullar bilan MB manipulyatsiya qilinadi Munosabatlar o`z tabiatiga ko`ra muayyan ma`noga ega bo`ladilar va matematik muayyan usullar bilan manipulyatsiya qilish, munosabatlar algebrasi va hisoblab chiqiladigan munosabatlarga asoslangan.
    - Maxfiyligi. Maxfiylik nazorati soddalashtiriladi. Har bir munosabat uchun kirish imkoniyati haqliligi beriladi. O`ziga xos maxfiylik ma`nosida ko`rsatkichlarning kirish imkoniyatini tekshirish huquqi talab qilinadi. Agar kirish imkoniyati huquqi buzilmagan bo`lsa, amaliy dasturlardan ma`lumotlarni kiritish, ishlov berish mumkin bo`ladi.
    - Bog`langanligi. Relyatsion tasavvurlar turli munosabatlar atributlarini o`zaro aloqadorligi to`g`risida aniq ko`rinish beradi.
    - Oddiy boshqarilishi. Ikki o`lchovli jadvallarni jismoniy joylashtirish sodda bo`ladi. Xotirani jismoniy tashkillashtirishning yangi vositalarini ixtiro qilish natijasida joylashtirishning yangi optimal imkoniyatlari paydo bo`lmoqda.
    - Ma`lumotlar mustaqilligi. MB ga yangi atributlar va munosabatlarni qo`shilishi. Ma`lumotlardan foydalanish usullari ham o`zgaruvchan. Yangi kortejlar qo`shilishi va eskilari chiqarib yuborilishi mumkin. Xuddi shu narsa ma`lumotlar elementiga ham tegishli. MB ni me`yoriy shaklda tashkil etishda mustaqil dasturiy ta`minoti bilan ma`lumotlarni restruktrizatsiya qilish amaliy dasturlarni o`zgartirilishini talab qilmaydi. MB da o`zgarishlar amalga oshirilsa, ya`ni, mavjud atribut bir jadvaldan boshqasiga o`tkazilsa hamda amaliy dasturlar tasvir (view) jadvallar bilan bog`langan bo`lsa, bu amaliy dasturlarni o`zgartirishni talab qilmaydi.

    Download 1,89 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52




    Download 1,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma`lumotlarning relyatsion modellari

    Download 1,89 Mb.