149
texnika bilan qurollanish ko`rsatkichlari aniqlanadi. SHuningdek to`la
boshlang’ich qiymat amortizatsiya ajratmalari va normalarini
hisoblashda baza
hisoblanadi. Biroq, har bir konkret momentda asosiy fondlarning to`la
boshlang’ich qiymati joriy baholarda hisoblanganligi uchun ularning umumiy
xajmiga fizik hajm va baho o`zgarishlari xam ta’sir ko`rsatadi. Bu to`la
boshlang’ich qiymat bo`yicha hisoblangan asosiy fondlarning juz’iy
kamchiligidir.
SHuning uchun vaqti-vaqti bilan asosiy fondlarni qayta baholab turish
taqazo qilinadi va buning natijasida to`la tiklash qiymati aniqlanadi. Asosiy
fondlarning to`la tiklash qiymati – ularning xozirgi davr sharoitlarida takror
ishlab chiqarish qiymatidir.
Masalan, 2 yil ilgari «A» markali 10ta stanok uchun sarf qilingan
harajatlar (sotib olish, tashib keltirish va o`rnatish uchun) 10.000 so`mni tashkil
qildi. SHu yili yuqoridagi «A» markali stanoklardan yana 5 tasi sotib olindi va
ularga harajat 4500 so`mni tashkil qildi.
YUqoridagi ta’rifga ko`ra 15 ta stanokni to`la boshlang’ich
qiymati
xaqiqiy
sarflangan
harajatlar
yig’indisiga
teng
bo`ladi,
ya’ni
10.000+4500=14500 so`m.
To`la tiklash qiymati esa 15 ta stanokni ushbu yilda sotib olinsa, jami
qancha harajat qilinishi mumkinligini ko`rsatadi, ya’ni
15 x (4500/5)=13,500 so`m.
Tiklash qiymati odatda asosiy fondlarni qayta baholash jarayonida
aniqlanadi.
Qayta baholash bilan bir qatorda asosiy fondlarning
eskirish summalari
ham aniqlanadi.
Asosiy fondlar o`z qiymatlarini doimiy ravishda ishlab chiqarilayotgan
maxsulot tannarxiga o`tkazib turganligi sababli boshlang’ich va tiklash
qiymatlarining eskirishi hisobiga olingan xoldagi qiymatlari ham aniqlanadi.
Buning uchun to`liq qiymatdan eskirish summasi ayriladi.
YUqoridagi misolimizda, masalan asosiy fondlarning
eskirish darajasi
30% deb olsak, u holda eskirish summasi = 13500 x 30%=4050 m.s. bo`ladi.
Demak qoldiq qiymat
13500 -4050=9450 m.s.ga teng.
Balansdagi qiymat – ob’ektlarni qayta baholash natijasida olinadi va
asosiy fondlar shu bahoda korxonalar balansiga o`tkaziladi. Balansdagi qiymat –
aralash baholash: ba’zi ob’ektlar uchun – tiklashdagi qiymat, boshqalar uchun –
bosh birlamchi qimmat ham bo`lishi mumkin.
Bozor qiymati – ob’ektlarni joriy davrda
bozorda sotilishi mumkin
bo`lgan qiymatini ifodalaydi.
Asosiy fondlar uzoq vaqt xizmat qilishi natijasida payti kelib butunlay
yaroqsiz xolga kelishi yoki ulardan kegusida foydalanish iqtisodiy samara
bermasligi (ma’naviy eskirishi) mumkin. Bunday paytlarda asosiy fondlar ishlab
chiqarish jarayonidan chiqariladi. Ularni temir-tersak
sifatida metallomga
topshirish, agar binolar bo`lsa – ularning buzilishi natijasida turli xil qurilish
materiallari (yog’och, g’isht va boshqa) xosil bo`lishi mumkin. Korxonalarda
150
albatta temir-tersak va qurilish materiallari turli extiyojlar
uchun foydalanishi
yoki chetga sotib yuborilishi mumkin va bu mablag’lar korxonaning hisob-kitob
raqamiga kelib tushadi. Bu esa o`z navbatida yo`qotish qiymatida aks ettiriladi.