155
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish jarayonini amalga
oshirish uchun xo`jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish fondlari bilan
ta’minlangan bo`lishlari lozim.
Statistikada asosiy fondlarning xajmini o`rganishda
natural va qiymat
ko`rsatkichlaridan
foydalaniladi.
Asosiy
fondlarni
qiymat
ko`rinishda
baholashda quyidagi qiymat turlari qo`llaniladi: to`la boshlang’ich qiymati;
to`la tiklash qiymati; eskirishni hisobga olgan holdagi boshlang’ich (tiklash)
qiymati; balansdagi qiymati; bozor qiymati; yo`kotishdagi qiymati.
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishlatilishi natijasida
sekin-asta emirilib boradi. emirilish asosiy fondlar amortizatsiyasining moddiy
asosini tashkil qiladi. emirilish jismoniy va ma’naviy turlarga bo`linadi. Asosiy
fondlarning ma’naviy eskirishi asosiy fondlarning yanada unumliroq
elementlarining paydo bo`lishi va arzonroq asosiy
fondlarning yaratilishi
natijasida sodir bo`ladi.
Asosiy fondlarni fizik va ma’naviy eskirishi oqibatda ularni yangilash
(almashtirish) zaruriyati tug’iladi. Buning uchun asosiy fondlar ishlab turgan
vaqtlarida korxonalarni ularni sotib olish yoki yaratish bo`yicha xarajatlari
qoplanishi va ularni almashtirishni amalga oshirish
uchun etarli darajadagi pul
mablag’lari jamg’arilishi lozim. Xarajatlarni qoplash va pul mablag’larini
yig’ish ishlari mahsulot tannarxiga amortizatsiya ajratmalrini qo`shish orqali
amalga oshiriladi.
Investitsiyalarning mohiyati shundaki, ular keyinroq manfaat olish uchun
xozir ma’lum loyihalarga qilingan xarajatlarni anglatadi. Investitsion
loyihalarning shakllari va mazmuni yangi korxona qurilishi rejalashtirishdan
tortib, to asosiy kapitalning yangi elementlarini sotib olishgacha bo`lishi
mumkin.