151
Misolimizda ikki marta ko`paytirilgan chiziqli amortizatsiya me’yori
40%ga teng. U holda, masalan, ob’ektning qiymati 200 ming bo`lsa,
foydalanishning birinchi yilida 80 ming so`m (200 m.s.:0,4) ajratiladi.
U holda
qoldiq qiymat – 120 m.s. (200-80). Ob’ektning qoldiq qiymatiga nisbatan
ikkinchi yil amortizatsiya ajratmalari 48 m.s. (120x0,4)ga teng bo`ladi.
Foydalanishning qolgan yillari uchun xam amortizatsiya ajratmalari shu usulda
hislblanadi (72x0,4 va h.k.).
Asosiy fondlarni fizik va ma’naviy eskirishi oqibatda ularni yangilash
(almashtirish) zaruriyati tug’iladi. Buning uchun asosiy
fondlar ishlab turgan
vaqtlarida korxonalarni ularni sotib olish yoki yaratish bo`yicha xarajatlari
qoplanishi va ularni almashtirishni amalga oshirish uchun etarli darajadagi pul
mablag’lari jamg’arilishi lozim. Xarajatlarni qoplash va pul mablag’larini
yig’ish ishlari mahsulot tannarxiga amortizatsiya ajratmalrini qo`shish orqali
amalga oshiriladi.
Amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya fondlarida yig’ilib
boradi va
ma’lum muddat o`tgandan so`ng ishlab chiqarishda qatnashgan asosiy
fondlarning qiymatini to`la qoplashi kerak. SHuning uchun asosiy fondlarning
amortizatsiya summasi asosiy fondlarning to`la boshlang’ich qiymatidan katta
bo`lishi mumkin emas.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
sharoitlarida amortizatsiya
ajratmalari bir tomondan ishlab chiqarishda qatnashgan asosiy fondlarni oddiy
takror ishlab chiqarishda foydalanilsa, ikkinchi tomondan chiqib ketayotgan
asosiy fondlar o`rniga texnikaviy takomillashgan
asosiy fondlar bilan
almashtirishda qatnashadi va manba bo`ladi.
Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlar uchun yangi kapital mablag’larni
moliyalashtirishga yoki qurilish materiallarini, uskunalar yoki nomaterial
aktivlarni sotib olish uchun uzoq muddatli moliyaviy qo`yilmalarga sarflanadi.
Uzoq muddat foydalaniladigan asosiy fondlarni yaratish va sotib olish
uchun qilingan xarajatlar investitsiya deb ataladi va ular
joriy yil xarajatlariga
kiritilmaydi.
Investitsiyalarning mohiyati shundaki, ular keyinroq manfaat olish uchun
xozir ma’lum loyihalarga qilingan xarajatlarni anglatadi. Investitsion
loyihalarning shakllari va mazmuni yangi korxona qurilishi rejalashtirishdan
tortib, to asosiy kapitalning yangi elementlarini sotib olishgacha bo`lishi
mumkin.
SHunday qilib, asosiy fondlarni «eskirishi» va «amortizatsiya
ajratmalari»ni bir-biridan ajratish lozim. eskirish birlamchi va u butun xizmat
davomida ortib boradi va amortizatsiyaning moddiy asosi hisoblanadi.
Amortizatsiya normasi esa ikkilamchi va butun xizmat davomida o`zgarmasdan
qoladi. Ular orasidagi bog’lanishni quyidagicha ifodalash mumkin.