162
olish bilan birga, ularni qo`yish
shartlari mavjudligi, ularning samaradorligini
ham e`tiborga olish lozim bo`ladi.
Korxonaning investitsion salohiyati bozordagi hozirgi sharoit va holatni
hisobga olgan holda eng ko`p jalb etilishi mumkin bo`lgan investitsion resurslar
hajmini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti davrida bu ko`rsatkichning ahamiyati juda
yuqori
hisoblanadi, chunki shunga qarab korxona rahbari yoki menedjeri
investitsion loyihalar bo`yicha asosli qaror qabul qilish imkoniyatini beradi.
MHT yo`nalishi bo`yicha korxonalar investitsion salohiyatini ikki qismga
ajratish mumkin:
yalpi milliy jamg’arish;
potentsial xorij investitsiyalari.
Yalpi milliy jamg’arish alohida korxona chegarasida investitsion
salohiyatning
asosiy qismini tashkil etib, u ichki jamg’armalar hisobidan tashkil
topadi. Avvalo ular amortizatsiya ajratmalari, korxona ixtiyorida qoladigan foyda,
uning faoliyati davrida amalga oshirgan jamg’armasi va boshqa xususiy
mablag’lari. Qo`shimcha manbalar sifatida qarzga olingan va byudjetdan tashqari
mablag’lar: bank kreditlari ko`rinishida, byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari,
lizing bo`yicha asosiy fondlar va h.k. jalb etilgan mablag’larga yana har xil
darajadagi byudjetlardan olingan mablag’lar, masalan,
davlatning maqsadli
dasturlari va h.k.
Korxonaning potentsial xorijiy investitsiyalari uning rivojlanishi uchun
qo`yilgan to`g’ri kapital qo`yilmalar, kapital transfertlar, xorij mamlakatlari
yuridik va jismoniy shaxslarning sabablari va h.k.
Bularning hajmi uncha katta
bo`lmay, asosan bozor kon`yunkturasiga bog’liq bo`ladi. Bular haqidagi
ma`lumotlar ekspert baholash yo`li bilan faoliyat yurituvchi qo`shma
korxonalardan olish mumkin.
Korxonalar investitsion faoliyatining asosiy qismi kapital qo`yilma sifatida
amalga oshiriladi va ular ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirishda muhim rol’
o`ynaydi.