• 16.2. Investitsiyalar tarkibini statistik o`rganish.
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi




    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet112/141
    Sana20.12.2023
    Hajmi3,01 Mb.
    #124927
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   141
    Bog'liq
    Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

    Investitsiya hajmi deb solingan kapitalning qiymat formada ifodalangan 
    miqdoriga aytiladi. (Absolyut miqdor, ... so`m yoki AQSH dollarida ifodalanadi). 
    Investitsiya normasi esa uning hajmini yalpi milliy mahsulotga yoki yalpi 
    ichki mahsulotga bo`lish natijasida olinadi. (Nisbiy miqdor, foizlarda 
    ifodalanadi). 
    Investitsiya ko`rsatkichlari joriy va solishtirma baholarda hisoblanadi va 
    ifodalanadi. Bunda solishtirma narxlardagi hisob-kitoblar faqat so`mda emas, 
    balki AQSH dollarida ham amalga oshiriladi, bu esa birinchidan, hisoblanayotgan 
    ko`rsatkichlarga bahoning (inflyatsiyaning) ta`sirini bartaraf qilishga, ikkinchidan. 
    so`mning xalqaro kursidagi o`zgarishlarni ta`sirini ham bartaraf qilishga olib 
    keladi va shu bilan birga O`zbekistonning investitsiya faoliyati ko`rsatkichlarini 
    boshqa mamlakatlardagi xuddi shunday ko`rsatkichlar bilan bevosita taqqoslash 
    imkoniyatini yaratadi. 
    Investitsiyalar haqidagi ma`lumotlar guruhlari bo`yicha korxona va 
    tashkilotlarning statistik hisobot formasi № P-2 «Investitsiyalar haqida 
    ma`lumotlar»da va «Investitsion faoliyat haqidagi ma`lumotlar»ning ilovasida 
    keltiriladi va bu sohadagi statistikaning vazifalari quyidagilardan iborat: 

    investitsiyalar tarkibini va manbasini statistik o`rganish;

    kapital qo`yilma sifatida amalga oshirilishi investitsiyalarni 
    o`rganish; 

    nomoliyaviy aktivlarga jalb etilgan investitsiyalarni o`rganish; 

    investitsiyalar samaradorligini statistik baholash va h.k.
    16.2. Investitsiyalar tarkibini statistik o`rganish. 
    Investitsiyalar tarkibi bir necha yo`nalishlar bo`yicha o`rganiladi. 
    Iqtisodiy aktivlar bo`yicha investitsiyalar ikkiga bo`linadi: 

    moliyaviy investitsiyalar – moliyaviy aktivlarga qo`yiladi. Ular 
    xo`jalik tashkilotlari tomonidan banklarga, qimmatbaho qog’ozlar va boshqa 
    korxonalar ustav fondiga, davlat va mamlakat zayom obligatsiyalariga, boshqa 
    tashkilot va korxonalarga kreditlar berish yo`li bilan amalga oshiriladi; 


    Download 3,01 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   141




    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi

    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish