166
bo`lsa, statistikaning vazifasi boshqacha – u investitsion ob`ektlardan foydalanish
jarayonidagi samaradorlikni aniqlashdan iborat. SHuning
uchun samaradorlikni
statistik baholash investitsion ob`ektlarni ham loyihalash, ham ulardan
foydalanish jarayonlarini o`z ichiga oladi.
Investitsiyalar samaradorlik darajasini aniqlash maxsus hujjatlarda
keltirilgan uslubiyotlardan
katta farq qilmaydi, lekin ular endi amaliy
ma`lumotlarga, ya`ni ob`ektlarni ekspluatatsiya qilish jarayonidagi ma`lumotlarga
tayanadi. Ob`ektlar ishlatilayotgan sohalar, tarmoqlarni e`tiborga olgan holda
tijorat, byudjet va umumiy iqtisodiy samaradorlik ko`rsatkichlari aniqlanadi.
Investitsiyalar samaradorligini aniqlashda boshlang’ich nuqta bo`lib, natija
(samara)ni investitsion resurslarni barpo etish xarajatlariga bo`linadi.
Natija
sifatida xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning ma`lum davrda olgan sof daromadlari
olinsa, investitsion xarajatlar sifatida barcha resurslar: pul, material, intellektual
resurslar xarajatlari tushuniladi.
Investitsiyalar samaradorligini aniqlash
uchun statistika quyidagi
ko`rsatkichlar tizimidan foydalaniladi: sof daromad, o`rnini qoplash muddati,
investitsiyalar foydalilik indeksi va boshqalar.
Korxonalar amaliyotida investitsiyalar samaradorligini aniqlashda har xil
yo`nalishlar mavjud. Bunda muhim omil sifatida vaqt omili:
joriy xarajatlar va
olingan iqtisodiy naf hajmi hisoblanadi. Agar vaqt omili hisoblanmasa, olingan
naf hajmi bir xil bo`lish ham mumkin, lekin u har
xil vaqt davomida olingani
uchun ularni solishtirib bo`lmaydi.
Statistika amaliyotida kapital qo`yilmalarning amaldagi samaradorligini
aniqlashda ikki xil yo`nalish mavjud. Birinchi yo`nalishda amaldagi investitsion
xarajatlar va ularning amaliy natijalari vaqt omilini hisobga olmagan holda
o`rganiladi. Ikkinchi yo`nalish har xil vaqtlardagi xarajatlarni diskontirlash orqali
bir xil vaqtga va solishtirish mumkin bo`lgan holga keltirishga asoslanadi.