• Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
  • Mavzu 15. MILLIY BOYLIK STATISTIKASI Reja
  • Tayanch iboralar
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi




    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet101/141
    Sana20.12.2023
    Hajmi3,01 Mb.
    #124927
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   141
    Bog'liq
    Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

    Qisqacha xulosalar 
    Mehnat unumdorligi - kishi mehnatini ma`lum vaqt birligi ichida ma`lum 
    miqdordagi iste`mol qiymat yaratilish kobiliyatidir. Ma`lumki, iste`mol qiymat 
    hajmini ikki xil yul bilan amalga oshirish mumkin: ko`p kishi mehnatini sarflash 
    bilan; mehnat unumdorligini darajasini oshirish bilan. 
    Amalda mehnat unumdorligi darajasini aniqlashning quyidagi usullari 
    mavjud: bevosita natural usul, shartli natural usul, mehnat usuli, qiymat usuli.
    Mehnat unumdorligi indeksi deyilganda uning dinamikasini, yoki uning 
    o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillarning kuchini harakterlovchi nisbiy 
    ko`rsatkichlar tushuniladi. 
    Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 
    1. Mehnat unumdorligi nima va u korxonada qanday aniqlanadi? 
    2. Mehnat unumdorligini ustirish omillariga nimalar kiradi? 
    3. Mehnat unumdorligi darajasini aniqlash qanday usullarini bilasiz? 
    4. Mehnat unumdorligi indekslarini tavsiflang. 
    5. Mehnat unumdorligi va ish vaqti o`rtasida qanday bog’lanishlar bor? 


    142 
    Mavzu 15. MILLIY BOYLIK STATISTIKASI
    Reja:
    15.1. Milliy boylik tushunchasi, hajmi va tarkibi.
    15.2. Milliy hisoblar tizimida milliy boylik hajmini aniqlash usuli 
    15.3. Asosiy fondlar va ularni tasniflash 
    15.4. Asosiy fondlarni baholash usullari.
    15.5. Asosiy fondlarning emirilishi va amortizatsiyasi 
    15.6. Asosiy fondlarning balanslari, ularning holati va takror ishlab chiqarish 
    ko`rsatkichlari.
    Tayanch iboralar:
    Milliy boylik, milliy mulk, tabiiy resurslar tarkibi, aktiv va passivlar 
    balansi, tabiiy resurslar tarkibi, asosiy fondlar, amortizatsiya summasi, aylanma 
    mablag’, mahsulot hajmi, fond qaytimi, ishlab chiqarish va xazmat ko`rsatish 
    xarajatlari.
     
    15.1. Milliy boylik tushunchasi, hajmi va tarkibi. 
    Milliy boylik muhim ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo`lib, u ijtimoiy takror 
    ishlab chiqarish jarayonining boshlang’ich va yakuniy xolatini ifodalaydi. Milliy 
    boylik hajmining ortishi iqtisodiy o`sishning muhim omili hisoblanadi. SHu 
    bilan birga milliy boylikda ishlab chiqarish jarayonining natijalari 
    mujassamlanadi. U ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga to`ldiriladi va 
    yangilanadi. Milliy boylik hajmi, uning tarkibi, dinamikasi va ulardan 
    foydalanish darajasi davlat va xalqaro statistikada mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
    rivojlanishining muhim yakunlovchi ko`rsatkichlari sifatida qaraladi. Milliy 
    boylik xajmi va tarkibining o`zgarishiga qarab takror ishlab chiqarish va 
    jamg’arish jarayonining tendenstiyalari haqida fikr yuritiladi. 
    Milliy hisoblar tizimi (1993 y.) doirasida milliy boylik asosida iqtisodiy 
    aktivlar tushunchasi yotadi. 
    Iqtisodiy aktivlar – xususiy yoki jamoa mulki bo`lib, ularga egalik qilish 
    yoki ulardan foydalanish natijasida mulk egalari iqtisodiy jihatdan manfaatdor 
    bo`lishlari mumkin. Har bir iqtisodiyot aktiv qiymatga ega bo`lib, vaqt o`tishi 
    bilan uning qiymati o`zgaradi. Har xil aktivlar o`z egasiga har xil manfaat 
    keltiradi: 
    - imorat, mashina, uskunalar ishlab chiqarish jarayonida foydalanishdan 
    daromad keltiradi; 
    - moliyaviy aktivlar va er o`z egalariga mulkdan olingan daromad sifatida 
    manfaat keltiradi (foizlar, devidentlar, renta); 
    - har qaysi aktivga qiymat zahirasi sifatida ega bo`lishdan olingan 
    manfaat yoki uni hoxlagan vaqtda sotib yuborishi mumkin. 
    Ba’zi aktivlarga egalik qilish davri, ulardan manfaat olish tugagungacha 
    bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Ikkinchi xil aktivlarga egalik qilish shu davr 
    kelgunga qadar ular sotib yuboriladi va kelajakda olinishi mumkin bo`lgan 
    daromad oldinroq olinadi. Uchinchilari (masalan, qimmatbaho metallardan, 
    toshlardan qilingan buyumlar va h.k.) sof holda qiymat zahirasi sifatida xech 


    143 
    qanday boshqa manfaat ko`rsatmasdan faqat yig’ilgan boyliklarni asrash va 
    sotish sifatida saqlanishi mumkin. 
    Yuqorida keltirilgan ta’riflarga asosan iqtisodiy aktivlar bo`yicha uchta 
    xolatni ajratish mumkin: 
    - ob’ekt qandaydir mulk egasida bo`lishi lozim (davlat, xususiy yoki 
    boshqa formada); 
    - mulk egasi ob’ektga egalik qilish va undan foydalanishdan qandaydir 
    manfaat olishi lozim; 
    - ob’ektni aktivlarga kiritishning muhim sharti uni hoxlagan vaqtda 
    boshqa institutsion birliklarga sotib yuborish mumkin. 
    Bu xususiyatlarga faqat inson mehnati tufayli yaratilgan material 
    boyliklar (asosiy fondlar, material aylanma mablag’lar va zahiralar) emas, balki 
    moliyaviy instrumentlar (depozitlar, aktsiyalar va h.k.) yoki tabiiy hosil bo`lgan 
    ob’ektlar: er va er osti, o`rmonlar va boshqa o`simlik resruslari, yovvoyi 
    hayvonlar 
    ham 
    bo`lishi 
    mumkin. 
    MHTga 
    asosan 
    tabiiy 
    resurslar 
    mamlakatlarning iqtisodiy aktivlariga ularning egalari (davlat, tashkilot, 
    muassasalar va h.k.) ulardan real daromad olish uchun foydalanilgan taqdirda 
    kiritiladi. 
    Atrof muhit muhofazasi ob’ektlari (osmon bo`shlig’i, ochiq suv havzalari) 
    kimningdir mulki bo`laolmaydi yoki o`z egasiga qandaydir manfaat keltirmaydi 
    (masalan, foydali qazilma zahiralaridan xozirgi texnik darajada yoki hozirgi 
    bahoda manfaat kelmaydi). SHuning uchun, ular iqtisodiy aktivlarga 
    kiritilmaydi. Iqtisodiy aktivlarga yana uy xo`jaliklari tomonidan sotib olingan 
    uzoq muddat davomida foydalaniladigan buyumlar ham kiritilmaydi. 
    Milliy hisoblar tizimi (1993 y.)da iqtisodiy aktivlarni tasniflash 
    Iqtisodiy aktivlarni tasniflashda avvalo ular ikki sinfga ajratiladi: 
    moliyaviy aktivlar va nomoliyaviy aktivlar. 
    Moliyaviy aktivlar ko`p jihatdan moliyaviy talablar va majburiyatlardan 
    iborat. Bunda ikki institutsion birliklar orasida tuzilgan bitimga asosan biri 
    mablag’ (kapital) beradi. MHTda moliyaviy talab aktiv hisoblanib, uning egasi 


    144 
    (kreditor) boshqa institutsion birlik (debitordan) tuzilgan birlikka asosan to`la 
    yoki bir necha to`lovlarni oladi. Binobarin, kreditor faqat o`zi bergan qarz 
    mablag’nigina emas, balki yana mulk egasi sifatida foizlar, daromadlar xam 
    oladi. Bir institutsion birlik tomonidan shunday talabning mavjudligi, boshqa bir 
    institutsion birlik tomonidan majburiyat bo`lishini taqozo qiladi. Moliyaviy 
    talablar (majburiyatlar) har xil ko`rinishga ega bo`lishi, moliyaviy aktivlarning 
    har xil ko`rinishida yuzaga keladi. 
    1. Monetar oltin – bu davlatning pul-kredit muassasalarida markazlashgan 
    xolda saqlanuvchi slitka yoki moneta formasidagi oltin zahiralari. Ular sotib 
    olish qobiliyatini oshirish maqsadida sotib olinadi. 
    2. O`rnini bosuvchi huquqiga ega bo`lgan mahsus mablag’lar 
    (O`BXEBMM) – xalqaro valyuta fondi tomonidan tashkil etilgan xalqaro rezerv 
    va to`lov mablag’lari, shu fondga a’zo bo`lgan davlatlar orasida taqsimlanadi. 
    O`BXEBMM dunyo pul mablag’lari bo`lib, ular xalqaro pulsiz hisob-kitob 
    ishlarini XVF maxsus hisoblarida amalga oshiradilar. Ular faqat hukumatlar 
    darajasida markaziy banklar va xalqaro tashkilotlar orqali xalqaro qarz 
    yo`qotuvchi mablag’ sifatida ishlatiladi. 
    3. Mavjud pullar (valyuta) - hisob-kitob qilish uchun ishlatiladigan 
    muomaladagi banknot va tangalar. Muomalaga chiqarilgan mavjud pullar uni 
    chiqargan muassasa (odatda markaziy bank) uchun majburiy hisoblanadi. 
    4. Depozitlar – banklarga asrab berish uchun o`tkazilgan pul mablag’lari. 
    Bu moliyaviy «aktiv»ga banklarning fondlar bilan qaytarib berish majburiyati 
    bo`lgan mablag’larga qarshi turadi. Depozitlar (pul mablag’lari kabi) yoki milliy 
    yoki xorij valyutalarida bo`lishi mumkin, ular rezident-muassasalarning yoki 
    qolgan dunyoning majburiyati bo`lishi mumkin. 
    5. Qimmatbaho qog’ozlar (aktsiyalardan tashqari) – ularni chiqargan 
    shaxsga nisbatan, ularning egasi tomonidan mulkiy huquq beradigan pullik 
    xujjatlar. O`zining mohiyatiga ko`ra ular qarz majburiyatlari hisoblanadi. 
    Bularga veksellar, obligatsiyalar, depozit sertifikatlar, privatizatsion 
    cheklar va boshqalar kiradi. 
    6. Ssudalar – kreditor tomonidan bevosita qarz oluvchiga beriladigan 
    moliyaviy instrument hisoblanadi. Bu operatsiya odatda xujjat bilan tasdiqlanadi 
    va bu xujjatni birovga berish mumkin emas. Bularga banklar tomonidan 
    korxonalar yoki uy xo`jaliklariga berilgan ssudalar misol bo`laoladi (uzoq 
    muddatga sotib olishga kredit, istemolchi krediti, moliyaviy lizing) 
    7. Texnik sug’urta rezervlari – sug’urta imkoniyatlarini o`tkazish 
    texnikasi taqozo etishi natijasida yaratilgan moliyaviy aktivlar sug’urta to`lovlari 
    va sug’urta yig’imlari orasidagi vaqt sug’urta tashkilotlarida texnik rezerv 
    sifatida katta xajmdagi summani yig’ish imkoniyatini yaratadi. Ularni yaratish 
    sug’urta kompaniyalari uchun zarur hisoblanadi, chunki ular sug’urta 
    qilayotganlar uchun vakolat bo`lishlari kerak. MHTda texnik sug’urta rezervlari 
    ikki guruhga bo`linadi: 
    - uy xo`jaliklarining rezervdagi sof aktivlari qiymati – xayotni va nafaqa 
    fondini sug’urtalash; 


    145 
    - sug’urtalashning boshqa turlari bo`yicha (xayotni sug’rtalashdan 
    tashqari) to`lov rezervlari va tartibsiz talablarning rezervlari. 
    8. Aktsiyalar va kapitalda ishtirok etishning boshqa turlari – ustav 
    kapitalga ma’lum nisbatda hissa qo`yilganligi xaqidagi xujjat bo`lib, u o`z 
    egasiga foydaning ma’lum qismini devident sifatida olish huquqini beradi. 
    9. Debitor va kreditorlarning boshqa hisoblari – savdo krediti, bitmagan 
    ishlar va boshqalar hisobidan avanslar. 
    Nomoliyaviy aktivlarga – egalari ulardan iqtisodiy faoliyat natijasida yoki 
    qiymat zahirasi sifatida manfaat ko`rishlari mumkin bo`lgan ob’ektlardir. Ular 
    ishlab chiqarilgan yoki ishlab chiqarilmagan ob’ektlar bo`lishi mumkin. 
    Ishlab chiqarilgan aktivlar – MHTda ishlab chiqarish jarayoni natijasida 
    paydo bo`gan nomoliyaviy aktivlar deb ataladi. Ular asosiy kapital, material 
    oborot mablag’lar va boyliklar zahirasidan tashkil topadi. 
    Asosiy kapital – ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy boylikni bir 
    qismi uni natural – mulk holatini uzoq muddat davomida o`zgartirishdan 
    iqtisodiyotda foydalaniladi va o`z qiymatini tayyor mahsulot va xizmatlarga asta 
    sekin o`tkazaboradi. Asosiy kapital material va nomaterial qismlarga bo`linadi. 
    Material asosiy kapitalga yashaydigan va mamlakatdagi bino va inshootlar, 
    mashina va uskunalar, transport vositalari, parvarish qilinadigan tabiiy aktivlar 
    (ishchi mahsuldor mollar, mevali bog’lar va boshqa ekilgan daraxtlar), tarixiy 
    yodgorliklar va h.k. MHTning yangicha talqini bo`yicha asosiy kapitalga xarbiy 
    uskunalarning ba’zi turlari kiritilgan bo`lib, ular faqat xarbiy maqsadlarda emas, 
    balki fuqarolik extiyojlari uchun ham ishlatiladi (aerodromlar, avtomobillar va 
    h.k.). 
    Nomaterial asosiy kapitalni ajratish 1993 yildagi MHTning yangiligi 
    hisoblanadi. Ularga inson mehnati natijasida yaratilgan va xamma bilishi shart 
    bo`lmagan axborotlar bo`lib, ular qandaydir asrovchiga o`tkazilgan. Ularning 
    qiymati ularda asralayotgan axborotning qiymatiga bog’liq. Bunga foydali 
    qazilma boyliklarni qidirish harajatlari, dasturiy ta’minot, adabiyot va san’atning 
    noyob asarlari (filmlar, ovoz yozib olishlar, qo`lyozmalar va h.k.) va boshqa 
    nomaterial aktivlar kiritiladi. 
    Material oborot mablag’larga ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, 
    materiallar, yoqilg’i va boshqalar), tayyor mahsulotlar, qayta sotiladigan 
    tovarlar, tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. SHularga yana davlat 
    zahiralari va don rezervlari, strategik materiallar va davlat ahamiyatga ega 
    bo`lgan boshqa tovarlar kiradi. 
    Boyliklar – uzoq muddat foydalaniladigan qimmatbaho tovarlar bo`lib, 
    ularning bahosi umumiy bahoga nisbatan xech pasaymaydi. Ular ishlab 
    chiqarish maqsadida ishlatilmaydi va foydalanilmaydilar va qiymat zahirasi 
    sifatida asraladi (qimmatbaho metallar, toshlar, antikvar buyumlar va boshqa 
    san’at asarlari va boyliklar). 
    Ishlab chiqarilmagan aktivlarga ishlab chiqarish jarayoni natijasi 
    bo`lmagan nomoliyaviy aktivlar kiradi. Ular yoki tabiat tomonidan yaratilgan
    yoki yuridik va hisob ishlari natijasi bo`lib hisoblanadi. Material ishlab 


    146 
    chiqarilmagan aktivlarga er, er osti qazilma boyliklari, er osti suvlari va 
    etishtirilmaydigan (tabiiy) biologik resurslar kiradi. 
    Nomaterial ishlab chiqarilmagan aktivlar egasiga konkret faoliyat bilan 
    shug’ullanish huquqini beruvchi xujjatlar kiradi (patentlar, litsenziyalar, tovar 
    belgilariga bitimlar tuzish va h.k.). 

    Download 3,01 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   141




    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi

    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish