Mehnat unumdorligini aniqlash usullari




Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/141
Sana20.12.2023
Hajmi3,01 Mb.
#124927
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

14.2. Mehnat unumdorligini aniqlash usullari. 
Mehnat unumdorligi darajasi har xil usullar yordamida aniqlanadi. U yoki 
bu usulni qo`llash qo`yilgan aniq vazifaga va berilgan ma`lumotlarga bog’liq 
bo`ladi. 
Amalda mehnat unumdorligi darajasini aniqlashning quyidagi usullari 
mavjud: 
1) Bevosita natural usul. (MU=S/T) - mahsulot hajmi bevosita natural 
usulda ulchanadi va u xodimlar soni yoki ana shu mahsulotni ishlab chiqarish 
uchun sarflangan vaqtga bo`linadi. Natijada 1-xodimga yoki sarflangan vaqt 
birligiga kancha mahsulot to`g’ri kelishi aniqlanadi. Bu usul bir xil mahsulot 
ishlab chiqarish korxonalarida keng qo`llaniladi.(ko`mir qazib chiqarish, 
gazlama to`kish va x.z). 
Bu usulni qo`llash ma`lum chegaraga ega, chunki: 
a) ishlab chiqarilgan mahsulot bir xil bo`lishi va uning umumiy hajmi bir 
xil natural ko`rsatkichda o`lchanishi kerak; 
b) ishlab chiqarish ommaviy yoki seriyali bo`lishi va texnologik jarayoni 
uzoq bo`lmasligi kerak. 
SHu sharoitlardan ma`lum bo`ladiki, bu usulni asosan ish joyida yoki 
brigadada, tsexda yoki korxonadagina qo`llash mumkin. Bu usulning kamchiligi 
shundaki, unda mahsulotning sifati hisobga olinmaydi. 
2) SHartli natural usul. MU = (S*K/T)- mahsulot hajmi shartli natural 
usulda ulchanadi va u xodimlar soni yoki ana shu mahsulotni ishlab chiqarish 
uchun sarflangan vaqtga bo`linadi. SHartli natural usuli yordami bilan qazilgan 
ko`mirning kaloriyasini, tayyorlangan sutning yog’lilik darajasi e`tiborga olinib 
mehnat unumdorligi darajasi aniqlanadi. 
3) Mehnat usuli, (1=T/(X)- shu hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish 
uchun sarflangan vaqt kishi soatlari va kishi minutlarida o`lchanadi va u ishlab 
chiqarishni mahsulot hajmiga bo`linadi. Natijada bir mahsulotni ishlab chiqarish 
uchun qancha vaqt sarflangani aniqlanadi. Bu usulni faqatgina bir korxona 
chegarasida qo`llash mumkin. 
4) Qiymat usuli MU= (X*Rp/T)- mehnat unumdorligi darajasini 
aniqlashning eng keng tarqalgan va universal usulidir. Ma`lumki, hamma sanoat 
mahsulotlari va ko`rsatilgan xizmatlar uchun baho belgilanadi. Ana shu bahoni 
mahsulot hajmiga ko`paytirib, mahsulotning qiymat shaklidagi hajmi aniqlanadi 
va uni xodimlar soni yoki sarflangan vaqtga nisbatan olinadi. Natijada 1 
xodimga yoki sarflangan vaqt birligiga qancha mahsulot to`g’ri kelishi 
aniqlanadi. 

Download 3,01 Mb.
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   141




Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mehnat unumdorligini aniqlash usullari

Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish