133
5) may oyidagi kalendar vaqt fondi (agar o`rtacha ro`yhatdagi xodimlar
soni o`zgarmay qolsa)
300 x 31 =9300 kishi/kuni
4. Ishlangan ish vaqti fondi. Ishlangan kishi/soatlar soniga xodimlarning
ishlagan barcha soatlari kiritiladi (bayram va dam olish kunlari, hamda odatdan
tashqari ishlangan soatlar ham qo`shiladi). Ammo bunga smenalar ichidagi
to`xtab turishlar, betobligi sababli ishga kelmaslik, mexnat ta’tillari va shunga
o`xshashlar qo`shilmaydi.
Odatdan tashqari ishlangan vaqtlar – qonunda belgilangandan tashqari
vaqtlardagi ish soatlari kiritiladi (bayram va dam olish kunlari, smenadan
tashqari ishlangan vaqtlar va h.k.).
5. To`langan kishi-soatlar soni – bu xodimlar tomonidan ishlangan kishi-
soatlar va ishlanmagan bo`lsa ham, ammo haqqi to`langan soatlardan tashkil
topadi. Ko`rsatkichda yillik mexnat tatili vaqti, qo`shimcha va o`quv tatillari
vaqti, rahbariyat qarori bilan berilgan ta’tillar vaqti, malaka oshirish tizimida
o`tkazilgan vaqt, qishloq xo`jaligi va boshqa ishlarga jalb qilingan vaqt, 18
yoshga etmagan o`smirlar uchun qisqartirilgan ish vaqti kiritiladi, ammo betob
bo`lgan vaqt uchun to`lovlar ijtimoiy fondlardan to`langan uchun to`langan
soatlar kiritilmaydi.
Ish vaqti fondlaridan (kalendar, tabel, maksimal imkoniyatli) foydalanish
koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
Bu koeffitsient taaluqli vaqt fondining qancha qismi amalda
foydalanilganini ifodalaydi.
Maksimal imkoniyatli vaqt fondi tarkibini o`rganish uchun ushbu vaqt
fondi 100% deb olinadi va quyidagilar necha foizni tashkil etishi aniqlanadi:
1) ishlangan vaqt; 2) uzrli sabablar bilan ish vaqtini yo`qotish (shu
jumladan, ayrim sabablar bo`yicha); 3) uzrli sabablar bilan ish vaqtini yo`qotish
(shu jumladan, ayrim sabablar bo`yicha).
Masalan,
avvalgi
misoldagi
ma’lumotlar asosida quyidagilarni
aniqlaymiz: amalda ishlangan vaqt, kalendar vaqt fondining 64% ini tashkil
etgan (5668/9100 x 100 = 64%); tabel ish vaqti fondining 87,4% (5668/6700 x
100 = 87,4%); maksimal imkoniyatli ish vaqti fondining 94,2% (5668/6220 x
100 = 94,2%) tashkil etgan. Binobarin, bunda ish vaqtini yo`qotish 3,5%ni,
uzurli sabablar bilan yo`qotish esa 2,2%ni (1336/6220 x 100 = 2,2%) tashkil
etgan.