127
5. Mehnat resurslarini bandliligi K
t
– band aholini umumiy mehnat
resurslaridagi salmog’ini ifodalaydi.
6. Umumiy yuklama koeffitsienti – har 1000
ta mehnatga layoqatli
yoshdagi kishilarga to`g’ri kelgan mehnatga layoqatsiz yoshdagi kishilar sonini
ifodalaydi.
7. Mehnat resurslari o`rnini qoplash koeffitsienti – har 1000 mehnatga
layoqatli yoshdagi kishilari to`g’ri kelgan 16 yoshgacha bo`lgan bolalar va
o`smirlar soni.
8. Nafaqa yuklamasi koeffitsienti – har 1000 mehnatga layoqatli yoshdagi
kishilarga to`g’ri kelgan nafaqaxo`rlar soni.
9. Ishsizlik darajasi – ishsizlar sonini iqtisodiy
faol aholi soniga nisbati
bo`lib, u foizlarda ifodalanadi.
10. Aholini iqtisodiy faollik darajasi – iqtisodiy faol aholini umumiy aholi
sonidagi salmog’ini ifodalaydi.
Mehnatga layoqatli aholi – yoshi va sog’ligi bo`yicha mehnat qila
oladigan kishilar hisoblanadi. Mavjud bo`lgan qonuniyatga asosan bizning
mamlakatimizda mehnatga layoqatli yosh: erkaklar uchun 16 dan 59
yosh va
ayollar uchun 16 dan 54 yoshgacha hisoblanadi. SHu yoshdagi kishilar sog’ligi
bo`yicha: mehnatga layoqatli va layoqatsiz guruhlarga ajratiladi. Layoqatsiz
guruhga ishlamayotgan I va II guruh nogironlar,
shuningdek mehnat yoshida
bo`lib, ishlamayotgan nafaqaxo`rlar (ular imtiyozli shartlar bilan nafaqa
olayotganlar) quyidagi rasmda O`zbekiston aholisining yosh guruhlari bo`yicha
taqsimlanishi keltirilgan (mln. kishi).