135
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(1)-SON
2022-YIL 28-FEVRAL
MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI
Usmonjonov Dostonbek Rosuljon o’g’li
Namangan muxandislik texnologiya institute talabasi
Dosonbek2603@gmail.com
+998900509780
ANNOTATSIYA
Muqobil energiya manbalaridan oqilona foydalanish. Elektr stansiyalarning
afzallik va kamchiliklari. Hozirgi kunda organik yoqilg’ilar tugab borayatgan bir
paytda insoniyat qayta tiklanuvchi energiya manbalariga qiziqish ortib bormoqda.
Kalit so’zlari:
IES; AES;GES: muqobil elektr manbalari; quyosh ES;shamol ES;
ALTERNATIVE ENERGY SOURCES
Usmonjonov Dostonbek Rasuljon ogli
Student of Namangan Institute of Engineering Technology
Dosonbek2603@gmail.com
+998900509780
ANNOTATION
Rational use of alternative energy sources. Advantages and disadvantages of
power plants. At a time when fossil fuels are running out, humanity is increasingly
interested in renewable energy sources.
Keywords
: IES; AES; GES: alternative power sources; solar ES; wind ES;
АЛЬТЕРНАТИВНЫЕ ИСТОЧНИКИ ЭНЕРГИИ
Усмонжонов Достонбек Расулжон оглы
Студент Наманганского инженерно-технологического института
Досонбек2603@gmail.com
+998900509780
АННОТАЦИЯ
Рациональное использование альтернативных источников энергии.
Преимущества и недостатки электростанций. В то время, когда ископаемое
топливо истощается, человечество все больше интересуется возобновляемыми
источниками энергии.
Ключевые слова
: КЭС; AES, GES: альтернативные источники энергии;
солнечные ЭС, ветровые ЭС;
136
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(1)-SON
2022-YIL 28-FEVRAL
Energetika —
energiyaning har xil turlarini hosil qilish, ularni bir turdan ikkinchi
turga oʻzgartirish, muayyan masofaga uzatish va yetkazib berish, ulardan barcha
sohalarda foydalanishni hamda shular bilan bogʻliq nazariy va amaliy muammolarni
hal qilishni oʻz ichiga olgan xalq xoʻjaligi, fan va texnika sohasi.
Issiklik elektr stansiyalari (IES) —
qattiq, suyuq va gaz
holatdagi organik
yoqilgʻilarning issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan qurilmalar
majmui. Asosiy energetik agregatlar qatoriga suv yuradigan quvurlar (trubalar)
batareyasidan iborat qozon tizimi, bugʻ turbina bugʻ dvigatellari va turbogeneratorlar
kiradi. IESda ishlatiladigan yoqilgʻi issiqlik energiyasining faqat 30% gina foydali
elektr energiyasiga aylantiriladi, yaʼni IES ning
foydali ish koeffitsiyenti
30%
(zamonaviylari65%) ga tengdir. IESlar, odatda, qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi arzon
yoqilgʻi koni yaqinida quriladi. Issiqlik elektr stansiyasi 19-asr 80-yillarida qurila
boshlagan. Atom elektr stansiyasi, geotermik elektr stansiyalar, gelioenergetika elektr
stansiyalari ham issiqlik elektr stansiyasi hisoblanadi. Issiqlik elektr stansiyalarinig
asosiy kamchiliklari ular doimiy atrof muxitga zararli gazlar chiqazib turadi ular
CO
2
gazi global isishga sabab bo'lmoqda va kislotali yomg'irlarni keltirib
chiqarmoqda, NO
2
gazlar esa ozon qatlamining yemirilishida qatnashadi. Bundan
tashqari yerning tabiiy zaxirasini tugatmoqda.
Atom elektr stansiyasi (AES): atom
elektr stansiyalari texnologik sxemasi
jihatdan issiqlik elektr stansiyalari turiga kiruvchi elektr stansiya hisoblanadi. Oddiy
elektr stansiyalarida ko'mir, neft, qoramoy, va gazlar yoqilsa, atom elektr stansiyasida
yoqilg’i sifatida uran ishlatiladi. Atom elektr stansiyasining asosiy qismi atom qozoni,
ya'ni atom reaktori. Zamonaviy atom energetikasida asosan uranning boyitilgan
izatopidan foydalaniladi. Uning tabiiy zaxirasi unchalik katta emas, organik
yoqilg’ining esa atiga 10% ini tashkil etadi. Bu miqdor atom energetikasini yoqilg’i
bilan uzoq vaqtgacha ta'minlay olmaydi. Atom energiyasi manbai uran va toriyning yer
yuzidagi zaxiralari dunyo xalqlarining energiyaga bo'lgan talabini bir necha ming yillar
davomida qondirib turish uchun yetarlidir. Kelajakda Atom Elektr Stansiyalar yetarli
darajada rivojlanadi va dunyo mamlakatlarining ummumiy energetik balansida
yetakchi o'rinni egallaydi. AES foydali ish koyfisenti80%dan yuqori, lekin atom elektr
stansiyalarining ishlatilishi bilan bog’liq quyidagi muammolar mavjud:
1. Radiatsiya ta’sirida reaktor materiallarining tez ishdan chiqishi va radiaktiv
moddalarning tashqariga chiqib ketishi.
2. Radiaktiv chiqindilarni saqlash muammosi.
3. Yadro reaktorlarida mukammal xavsizlik tizimini yaratish qiyinligi.
4. Hozirgi kunda juda ko’p ishlayotgan tez neytronlarda ishlovchi briderlarda ko’p
miqdorda plutoniy yig’ilishi va atom bombasi uchun asosiy xomashyo bo’lgan
plutonning yomon niyyatli kishilarning qo’liga tushish ehtimoli mavjudligi.
137
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(1)-SON
2022-YIL 28-FEVRAL
Gidro elektr stansiyalar(GES): Har qanday elektr stansiyasidan yagona ustunlik
jihati bor – Gidro elektr stansiyalar qayta tiklanuvchi manba bilan ishlaydi. Masalan,
issiqlik elektr stansiyalarining manbasi bir kun kelib tugashi mumkin. Lekin gidro
elektr stansiyalarda sarflanayotgan suv tabiiy ravishda har yili qayta to'planadi.
Gidrotexnik jihozlar suvni ma'lum bosimda jo'natib turadi. GESlar jahonda ishlab
chiqarilayotgan elektr energiyasining 63 foizini yetkazib beradi. Bu sohada Xitoy,
Kanada va Braziliya yetakchilikni ushlab turibdi. Eng asosiysi esa atrof-muhitga va
suvga ummuman zarar yetkazmaydi. Gidro elektir sitansiyalarning kamchiliklari
joylashgan joydagi muxitni (releftni) o’zgartirib yuboradi va yer osti suvlarini
ko’tarilishiga sabab bo’ladi.
Shamol elektir stansiyasi: Shamolning katta kuchi hisobiga ekologik toza elektr
energiya ishlab chiqarish hozirgi vaqtda katta ahamiyatga ega. Bizning
Respublikamizda Farg’ona viloyatining O’zbekiston tumanidagi Yaypan va Bekobod
shaharlari yaqinida shamol elektr stansiyalarini joylashtirish mumkin. Shamol
energiyasidan foydalanib elektr energiya ishlab chiqarishda Daniya mamlakatining
tajribasi ayniqsa, diqqatga sazovordir. Shamol energiyasini elektr energiyasiga
aylantiradigan asosiy mexanizm shamol turbinasi hisoblanadi. Ayni paytda an'anaviy,
lekin vaqtinchalik ikkinchi darajaga o'tib qolgan shamol energiyasini olish usullari
qayta tiklanmoqda. Shamol elektr stansiyasining asosiy kamchilikligi parraklaridan
chiqayotgan shovqinlar sabab axolini ichiga qurib bo’lmaydi.
Quyosh elektir stansiyasi - quyosh radiatsiyasi nurini yutib, uning energiyasini
issiqlik yoki elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilmalar majmui. Agar qayta
tiklanuvchi energiya manbalarining texnikaviy salohiyatidan to’liq foydalanilsa,
atmosfera havosiga chiqariladigan 450 million tonnaga yaqin is gazining uglerod ikki
oksididan bartaraf qilinishiga sharoit yaratiladi. Hozirgi kunda foydalanib kelinayotgan
energiya manbalari asosan ko’mir, neft, tabiiy gaz, suv va boshqa tabiiy resurslar
hisobiga olinib, katta harajatlar hisobiga ishlab chiqariladi. Bundan tashqari qazib
olinadigan qazilma boyliklarning zahiralari chegaralangan bo’lib, uning miqdori yildan
yilga kamayib boradi. Eng yomon tomoni tabiiy resurslardan foydalanish jarayonida
atrof muhit ifloslanadi va katta miqdorda qayta ishlanmaydigan chiqindilar hosil
bo’ladi. Shu sababli tiklanadigan energiyadan foydalanishning afzalliklarini ayniqsa
quyosh energiyasidan unumli foydalana olish yo’llarini o’rganib chiqish, ularni
takomillashtirish va qulay optimal variantlarini hayotga tatbiq qilish shu kunning talabi
hisoblanadi. Quyosh issiqlik qozonlari faqat tabiiy gazni ishlatishni 60 foizgacha
kamaytiradi. Bu uskunalar asosan aholi, xususiy sektor va byudjet tashkilotlari
tomonidan foydalanish maqsadlarida ishlab chiqarilib keng qo’llaniladigan energiya
manbalariga nisbatan 50-70 foiz arzonga tushadi. Aniqlik kiritish uchun quyosh
energiyasida ishlaydigan fotoelektrik sistema - FES 100/12 modelining qisqacha
xarakteristikasi quyidagicha: - ish prinsipi - quyosh energiyasini to’g’ridan to’g’ri
138
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(1)-SON
2022-YIL 28-FEVRAL
elektr energiyasiga aylantirish va akkumulyator batareyasida to’plash, keyinchalik
avtonom iste'molchi orqali elektr uskunalari va boshqa elektr qurilmalarida
foydalanish; - to’rttagacha 11 vt.li lyuminisens lampalari, oq-qora tasvirli 16 sm.li
televizor va boshqa variantlarida rangli 25 sm.li televizor, radiopriemnik, magnitofon
va ultratovushli kir yuvish mashinalaridan, maxsus kichik kuchlanishda ishlaydigan
nasos agregatlarida ham foydalanish.Kelajakda qayta tiklanadigan energitikaning
rivojlantirish strategiyasi va maqsadlarini, shuningdek, rag’batlantirishning tegishli
mexanizmlarini ishlab chiqish O’zbekistonda iqtisodiyotning yangi tarmog’i,
avvalambor, qayta tiklanadigan energiya manbalarini umumiy salohiyatining qariyb 99
foizini tashkil etadigan quyosh energitikasini keng ko’lamda rivojlantirish
uchun,mamlakatimiz tabiatining mussafoligini taminlashga qulay asos yaratishi
mumkin.Quyosh elektr stansiyalrining asosiy kamchiliklari kata miqdorda joy talab
qilishi va uskunalarning xamisha toza turishi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak xozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan ekektr va
issiqlik energiyasining deyarli xammasi organik yoqilg’ilar yoqish yani gaz, neft,
ko’mir va shunga o’xshashlarni yoqish xisobiga olinmoqda. Ammo bu yer osti
boyliklari qayta tiklanmas bo’lib, ularning miqdori chegaralangan. Insoniyat esa yildan
yilga ko’payib bormoqda. Shu bois insoniyat oldida turgan kata muommolardan biri
yangi energiya manbalarini toppish. Bu ishlar ustida dunyo olimlari bosh
qotirishmoqda va ko’plab ijoyib natijalarga erishishmoqda. O’zbekistonda elektir
energiyasi hozirda asosan qayta tiklanmaydigan energiya manbalaridan olinadi bu
elektr energiyasini tannarxi qimmat bo’lishiga va tabiiy zaxiralarimizni tugashiga olib
keladi. Shuning uchun yangi kirib kelayotgan energiya manbalaridan ko’proq
foydalanishimi kerak. Bu yerning tabiiy zaxirasini kelajak avloqlarga ham qolishi
qolaversa elektr energiya tannarxi arzonlashishiga olib keladi.
|