123
davrlarida mavjud aholi sonining o`zgarishi), mayatnikli migratsiya
(kishilarning xar kuni uyidan ish yoki o`qish joyiga,
yoki aksincha xarakatiga
aytiladi).
Aholining mexanik harakatlarini o`rganish uchun mutloq va nisbiy
ko`rsatkichlardan foydalaniladi.
Absolyut ko`rsatkichlar – aholi punktiga kelganlar soni – K, aholi
punktidan chiqib ketganlar soni – r; migratsiyaning absolyut o`sishi (k-r).
Nisbiy ko`rsatkichlar – migrastion jarayonlarning
intensivligini
ifodalaydi:
Kelish K
t
=K/Ā x 1000%
0
;
Ketish K
t
=r/Ā x 1000%
0
;
Mexanik o`sish K
t
=K-r/Ā x 1000%
0
yoki Kelish K
t
-ketish K
t
;
«A» shaxriga yil davomida 560 ming kishi keldi va 260 ming kish ketib
qoldi. U holda,
Kelish K
t
=560/11500 x 1000%
0
=4,86%
0
Ketish K
t
=260/11500 x 1000%
0
=2,20%
0
Mexanik o`sish K
t
=560-260/11500 x 1000%
0
=2,66%
0
Demak, har ming kishiga 2,66 kishining mexanik o`sishi to`g’ri kelgan.
Qisqacha xulosalar
Aholi statistikasining o`rganish ob’ekti ma’lum hududda yashovchi
odamlar jamoasi hisoblanib, ular tug’ilishi va vafot etishi hisobiga o`zini-o`zi
tiklab turadi. Bunda
kuzatish birligi alohida odam, oila yoki uy xo`jaliklari
bo`lishi mumkin. Aholi statistikasida statistik kuzatish ob’ekti bo`lib,
odamlarning xar xil to`plamlari bo`lishi mumkin: barcha aholi (mavjud yoki
doimiy yashovchi), aholining ayrim guruhlari (mexnatga layoqatli aholi,
ishsizlar, nafaqaho`rlar, shahar yoki qishloq aholisi, erkak yoki ayollar va h.k.),
yoshlar yoki aksincha, yoshi ulug’lar, yil davomida tug’ilganlar (yoki
boshqa
davr orasida) yoki vafot etganlar va h.k. Odatda kuzatish ob’ekti va birligi
tadqiqot maqsadiga bog’liq holda tanlanadi.
Statistikaning eng muhim birlamchi vazifalaridan biri aholi sonini va
uning mamlakat hududlari bo`yicha joylashishini o`rganishdan iborat. Har
qanday punktdagi aholi soni yil davomida sezilarli darajada o`zgarib
turishi
sababli, har xil ko`rsatkichlarni hisoblash maqsadida statistikada aholining
o`rtacha yillik soni aniqlanadi.
Aholining yoshi va jinsi bo`yicha tarkibi muhim demografik
xarakteristikasi bo`lib hisoblanadi. Mamlakat aholisining yoshi va jinsi bo`yicha
tarkibi
har kalendar yilning boshida, aholi soni aniqlangach hisoblanadi.
Hisoblash, aholisi 100 mingdan ortiq bo`lgan shaharlar va viloyatlar bo`yicha
amalga oshiriladi.
Har qanday hududning aholi soni uning tuzilishi, tug’ilishi, vafot etishi va
migratsiyasi hisobiga o`zgarib turadi. Aholi sonini tug’ilishlar va vafot etishlar
hisobiga o`zgarishi aholining tabiiy harakati deb ataladi.
124
Aholining mexanik harakati yoki migratsiyasi deb, aholining bir aholi
punktidan boshqa punktga o`tishi yoki bir aholi punktidan boshqa punktga
kelishi tushuniladi. Aholining ichki va tashqi migratsiyasi mavjud.