• Mavzu 13. MEHNAT BOZORI STATISTIKASI Reja
  • Tayanch iboralar
  • 13.1. Iqtisodiy faol va nofaol aholi
  • Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar




    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet91/141
    Sana20.12.2023
    Hajmi3,01 Mb.
    #124927
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   141
    Bog'liq
    Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

    Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar 
    1. Aholi statistikasining o`rganish ob`ektini ayting. 
    2. Aholi bo`yicha ma`lumot manbalari nimalardan iborat? 
    3. Aholi soni bo`yicha qanday ko`rsatkichlarni bilasiz? 
    4. Kritik moment nima va u qanday tanlanadi? 
    5. Aholining tabiiy va mexanik harakatini tushuntirib bering. 
    6. Aholi migratsiyasi deganda nimani tushunasiz?


    125 
    Mavzu 13. MEHNAT BOZORI STATISTIKASI 
    Reja:
    13.1. Ishchi kuchning iqtisodiy faolligi va bandligi bo`yicha 
    klassifikatsiyalanishi. 
    13.2. Aholi bandligi va mehnatga jalb qilinganligi ko`rsatkichlari. 
    13.3. Mehnat resurslari balansi.
    13.4. Korxona xodimlarining soni va tarkibi statistikasi. Ishchi kuchi harakati 
    statistikasi. 
    13.5. Ish vaqtidan foydalanish ko`rsatkichlari. 
    13.6. Ish vaqti fondidan foydalanish ko`rsatkichlari.
    Tayanch iboralar:
    Iqtisodiy faol aholi, bandlik va ishsizlik statistikasi, iqtisodiy nofaol aholi, 
    mehnat resurslari, ro`yxatdagi va ishga kelgan xodimlar soni, ishchi kuchining 
    qo`nimsizligi va doimiyligi, ish vaqti fondlarining tarkibi, ish vaqti balanslari, 
    ish vaqti fondlaridan foydalanish ko`rsatkichlari, ish davri va ish kuchining 
    o`rtacha uzunligi.
    13.1. Iqtisodiy faol va nofaol aholi 
    Mamlakatning doimiy aholisi iqtisodiy faol va nofaol aholi guruhlariga 
    ajratiladi. Iqtisodiy faol aholi o`z ishchi kuchini mehnat bozoriga taqdim etadi 
    va ish beruvchilar uni sotib oladilar. Iqtisodiy nofaol aholi esa ob’ektiv 
    sabablar bilan mehnat bozorida ishtirok etaolmaydi.
    Aholini kuzatish (ro`yxat o`tkazish) – bandlik va ishsizlik haqida 
    ma’lumotlarni yig’ishda muhim o`rinni egallaydi. Bunday kuzatishlar aholining 
    hamma qatlamlarini o`z ichiga olib, u bandlilik tarkibi va uning o`zgarishi, 
    ishsizlar soni haqida to`la ma’lumotlarni olish va odatdagi usullarni qo`llab 
    olingan statistik hisoblarda aks ettirilmaydigan mehnat faolligining xar xil 
    formalarini hisoblash imkoniyatini beradi. 
    Mehnat bozori statistikasi odatdagi ko`rsatkichlar tizimi: mehnat resurslari 
    soni, band bo`lganlarning iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha taqsimlanishi
    korxonalar, tashkilotlar, muassasalar xodimlari tarkibi va soni, ish vaqtidan 
    foydalanish, mehnat unumdorligi va mehnat haqqi darajasi va dinamikasi, har 
    bir tarmoqdagi ish sharoitlari holatlarini o`z ichiga qamrab oladi. 
    Rejali iqtisodiyot davrida mehnat resurslari va aholining bandligi haqidagi 
    ma’lumotlar, aholi ro`yxati o`tkazilgan davrlar orasida, korxona, tashkilot va 
    muassasalarining ommaviy statistik hisobotlar ma’lumotlari asosida, mehnat va 
    ish haqqini o`rganish maqsadida o`tkazilgan tanlama kuzatish ma’lumotlariga 
    asoslanar edi. 
    Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuz 
    berayotgan tub o`zgarishlar statistika oldiga yangi-yangi talablarni qo`ymoqda. 
    Statistika oldiga mehnat bozorini o`rganish vazifasi qo`yilmoqda, shu jumladan, 
    bandlilik va ishsizlik darajasi, ozod bo`lgan ishchi kuchini kasbiy tayyorlash va 
    uning xarajatlari qiymati, aholining majburiy migratsiyasi kabi masalalarni 


    126 
    o`rganish o`zbek statistika uslubiyatini xalqaro andozalar darajasiga etkazishni 
    taqazo etadi.

    Download 3,01 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   141




    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar

    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish