Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim
vazirligi
Mirzo Ulugʻbek nomidagi
Oʻzbekiston Milliy
Universiteti Jizzax filiali
“Amaliy matematika” fakulteti
“Axborot tizimlari va texnologiyalari”
kafedrasi
“Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” yo‘nalishi
120-20 guruh talabasining
Malakaviy amaliyot hisoboti
Amaliyotchi: Lapasov Doniyorbek
Amaliyot rahbar:
Salimov Jamshid
Jizzax 2024
25.03.2024
Ish mavzusi: Malakaviy amaliyot boʻ
yicha yigʻ
ilish
Amaliyotimning birinchi kunida malakaviy amaliyot mazmuni va tuzilishi haqida kafedradagi
tashkiliy ishlarni bajarish, fakultetning 4-kurs talabalari, kafedraning malakaviy amaliyoti bo‘yicha mas’ul o‘qituvchilari va Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi mas’ul o‘qituvchilari bilan birgalikda “Malakaviy amaliyot”ga bag‘ishlangan konferensiyani o‘tkazdik, talabalarni ish muassasalari bo‘yicha
taqsimoti, malakaviy amaliyot o‘tkaziladigan ish muassasasiga borish, uning rahbariyati bilan talabalarni tanishtirish va ichki tartib-intizom haqida ma’lumot berish, talabalarning fan o‘qituvchilari va sinflar bo‘yicha taqsimoti. Amaliyot davri
uchun ish rejalarni tuzish, fan o‘qituvchisi va sinf rahbarning ish hujjatlarini o‘rganish, biriktirilgan fan o‘qituvchisining darslarini kuzatish, ish tajribasini o‘rganish, matematika va informatika xonalarining jihozlanishi bilan tanishish bilan o‘tkazildi.
1-rasm: Jizzax viloyati Baxmal tumani 48 - maktab
Men malakaviy amaliyotni Jizzax viloyati Baxmal tumani 48 - umumiy oʻrta ta’lim maktabida oʻtash uchun Salimov Jamshid ustoz bilan birgalikda yetib keldim. Maktab jamosi bilan tanishuv maktab direktori Toshboltayev Akbar Abdumalikovich, Ma’naviy marifiy ishlar bo‘yicha direktor oʻrinbosari
Misirov Hasan Niyozovich , O‘quv ishlari bo‘yicha direktor oʻrinbosari Doʻsiyev Nuriddin Omonliqovich . Bizga maktab tomonidan amaliyot rahbari sifatida informatika fani oʻqituvchisi Shodiyorov Norboʻta Hamidovich tayinlandi.
2-rasm: Maktab hodimlari va o‘quvchilar bilan tanishuv
Amaliyot davri mobaynida sinflar bilan ishlash uchun tarbiyaviy va taqvim ishlar rejalarini tuzib oldim va amaliyot davomida bularni amalga oshirib boraman. Hafta mobaynida maktab darsliklari bilan yaqindan tanishib chiqdim. Dars mashgʻulotlarini borish jarayonini kuzatdim. Oʻquvchilarni informatika faniga boʻlgan qiziqishlarini oʻrganib chiqdim va maktabning axborot komunikatsiya texnalogiyalari bilan taminlangalik darajasini oʻrganib chiqdim. Maktab kompyuter jihozlari bilan taminlangan. Internet tarmog‘iga ham ulangan.
Pedagogik amaliyot davrida meni maktab ish bilan ta’minlaganligi uchun Universitet meni Malakaviy amaliyot davrimni ham shu yerga olishimda yordam berdi. Men maktab Malakaviy amaliyotimni Jizzax viloyati Baxmal tumani 48-maktab bilan birgalikda amaliyot davrimni oʻtashni boshladim.