116
Vaqtincha yashayotganlarga doimiy yashash joyi boshqa punktda bo`lib,
hisobga olinayotgan vaqtda shu punktga kelgan shaxslar (odatda 6 oydan
oshmasligi kerak) tushuniladi.
Vaqtincha yo`q bo`lganlar doimiy shu punktda yashab, lekin hisob
vaqtida vaqtincha (odatda 6 oydan oshmasligi kerak)
boshqa hududga ketgan
shaxslar tushuniladi. Lekin bu qoidadan ba’zi bir cheklanishlarga yo`l qo`yiladi.
Masalan, oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari talabalari amalda o`quv joylaridagi
doimiy aholi soniga qo`shiladi.
Har qanday punktdagi aholi soni yil davomida sezilarli darajada o`zgarib
turishi sababli, har xil ko`rsatkichlarni hisoblash maqsadida statistikada
aholining o`rtacha yillik soni aniqlanadi.
Aholining o`rtacha yillik soni, odatda aholini yil boshidagi va yil
oxiridagi sonini hisobga olgan holda o`rtacha arifmetik formula bo`yicha
aniqlanadi:
2
1
0
A
A
A
Aholining soni bir necha teng
oraliqdagi muddatlar masalan, choraklar
bo`yicha berilgan bo`lsa, u holda o`rtacha xronologik formula bo`yicha
aniqlanadi:
1
2
1
...
2
/
1
3
2
1
П
A
A
A
A
A
П
;
Mamlakat aholisi uning hududi bo`yicha joylanishi nuqtai nazardan
shahar aholisi va qishloq aholisiga bo`linadi. SHahar aholisiga shaharlarda va
shahar ko`rinishidagi
posyolkalarda yashovchi, qishloq aholisiga esa qishloq
joylarida yashovchi barcha shaxslar kiradi. (Aholini bunday shahar va qishloq
aholisiga ajratishni, ularni ishlab chiqarish belgisi bo`lgan
mehnat xarakteriga
qarab: qishloq xo`jaligida va unda bo`lmagan aholiga ajratish bilan
almashtirmaslik lozim). U yoki bu aholi punktini shaharga kiritish qonun bilan
belgilanadi.
O`zbekiston aholisi soni 2004 yil 1 aprelda 25 670 ming kishini tashkil
etdi. Ularning 60 foizdan ortig’i qishloq aholisi tarkibiga 40
foizga yaqini esa
shahar aholisi tarkibiga kiritilgan.
Aholi umumiy soni bo`yicha O`zbekiston MDH davlatlari ichida Rossiya
va Ukrainadan so`ng uchinchi o`rinda turadi. Aholi zichligi 1 km
2
ga 54,4
kishini (2004 y.) tashkil etdi. O`zbekistonda Markaziy Osiyo mintaqasining 40
foiz aholisi yashaydi.
O`zbekistonning o`ziga xos demografik xususiyati shundaki, bu erda
aholining o`sish sur’atlari yuqori. Keyingi yillarda aholi tabiiy o`sishining bir
qadar pasayishiga qaramasdan, respublikamizda bu ko`rsatkich MDH davlatlari
orasida eng yuqori ko`rsatkichlardan biri bo`lib qolmoqda.
SHunday qilib:
DA=MA-VYa+VY
MA=DA+VYa-VY
DA – doimiy aholi soni
MA – mavjud aholi soni
VY – vaqtincha yo`q bo`lgan aholi soni
VYa – vaqtincha yashayotgan aholi soni
117
Masalan, «A» shahri bo`yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud (ming kishi):
1) yil boshida mavjud aholi soni - 315
2) shulardan vaqtincha yashayotgan shaxslar soni – 11
3) vaqtincha yo`q bo`lgan shaxslar soni – 19
4) yil oxirida shaharda doimiy yashovchilar soni – 307
5) shulardan vaqtincha yashayotganlar soni – 12
6) yil oxirida vaqtincha yo`q bo`lganlar soni – 18
U holda:
1) DA yil boshida=315-15+19=323 ming kishi
2) DA yil oxirida=307-12+18=313 ming kishi
3) DA soni o`zgarishi = - 10 ming ishi
4) MA yil boshida=323+11-19=315 ming kishi
5) MA yil oxirida=307+12-18=301 ming kishi
6) MA soni o`zgarishi = - 14 ming kishi
Bunda aholining yil boshi va oxiridagi ikki xil sonini hisoblashdan
maqsad, har xil ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkchilarni aniqlash hisoblanadi:
ularga
uy-joy, bog’cha-yasli, o`quv yurtlari binolari va kasalxonalarni qurishda har bir
aholi yashaydigan punktning doimiy aholisi sonidan, shaxar transportini
to`xtovsiz ishlashini va kunlik oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadida mavjud
aholi sonidan kelib chiqishi kerak.
Ijtimoiy-iqtisodiy
sharoit
aholining
hududlar bo`yicha tarqalishini va ayrim hudud yoki
administrativ birliklar
bo`yicha soni va zichligi aniqlanadi. Zichligini aniqlash uchun shu xududda
yashovchi aholi sonini hudud kengligiga (km
2
) bo`lib aniqlanadi. Masalan,
O`zbekiston bo`yicha bu ko`rsatkich 2004 yilda o`rtacha 54,4 kishi (25,6 ming
kishi/447,300 km
2
)ga teng bo`lgan. Lekin bu ko`rsatkich mamlakatning ayrim
xududlari bo`yicha bir-biridan keskin farq qiladi.