• 12.1. Aholi - statistikaning o`rganish ob’ekti
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi




    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet86/141
    Sana20.12.2023
    Hajmi3,01 Mb.
    #124927
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   141
    Bog'liq
    Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

    Tayanch iboralar:
    Aholi soni, doimiy va mavjud aholi soni, aholi soni dinamikasi 
    ko`rsatkichlari, aholining tabiiy va mexanik harakati statistikasi, aholi 
    migratsiyasi turlari, aholi migratsiyasining absolyut va nisbiy ko`rsatkichlari, 
    o`rtacha umr ko`rish ko`rsatkichi, kelajakdagi aholi sonini hisoblash usullari. 
    12.1. Aholi - statistikaning o`rganish ob’ekti 
    Aholi (demografiya) statistikasi – ijtimoiy-iqtisodiy statistikaning eng 
    qadimgi va muhim tarkibiy qismi bo`lib, u aholi yashash sharoitida yoki 
    hayotida yuz bergan demografik hodisa va jarayonlarni statistik hisobga olish va 
    tahlil qilish usullarini ishlab chiqadi va amaliyotda qo`llaydi. 
    U ijtimoiy fan bo`lib, o`zining bilish jarayonida umuminsoniy falsafa va 
    iqtisodiyot nazariyasi fanlariga suyanadi va aholini yashash qonuniyatlarini 
    miqdor va sifat jihatlarini ifodalaydi. Bular aholining tabiiy va mexanik harakati, 
    mamlakat hududlari bo`yicha joylanishi, takror paydo bo`lishi va uning ijtimoiy 
    tuzilishi xaqidagi qonunlardir. Ilmiy ta’limotga asosan bu qonunlar zaminida 
    jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlari – iqtisodiy tuzumi yotadi. SHuning 
    uchun bu qonunlar iqtisodiy tuzum bilan birgalikda o`rganilishi kerak. 
    Har qanday davlat (tuzum)ning aholisi o`z tarkibi bo`yicha har xil bo`ladi 
    va vaqt o`tishi bilan o`zgarib turadi. SHuning uchun aholining rivojlanish 
    qonuniyatlari, uning tarkibini o`zgarishi va uning ko`p tomonlari konuret tarixiy 
    sharoitlarni hisobga olgan holda o`rganilishi kerak. 
    Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o`tishi tufayli aholini, jamiyatda 
    ro`y berayotgan jarayonlarni, turmush sharoitlarini statistik o`rganishga qiziqish 
    yanada ortib bormoqda, chunki aholi birinchidan ishlab chiqarish jarayonining 
    bevosita ishtirokchisi va ikkinchidan bu jarayon natijasining iste’molchisi xam 
    hisoblanadi. 
    Aholi statistikasining o`rganish ob’ekti ma’lum hududda yashovchi 
    odamlar jamoasi hisoblanib, ular tug’ilishi va vafot etishi hisobiga o`zini-o`zi 
    tiklab turadi. Bunda kuzatish birligi alohida odam, oila yoki uy xo`jaliklari 
    bo`lishi mumkin. Aholi statistikasida statistik kuzatish ob’ekti bo`lib, 
    odamlarning xar xil to`plamlari bo`lishi mumkin: barcha aholi (mavjud yoki 
    doimiy yashovchi), aholining ayrim guruhlari (mexnatga layoqatli aholi, 
    ishsizlar, nafaqaho`rlar, shahar yoki qishloq aholisi, erkak yoki ayollar va h.k.), 
    yoshlar yoki aksincha, yoshi ulug’lar, yil davomida tug’ilganlar (yoki boshqa 
    davr orasida) yoki vafot etganlar va h.k. Odatda kuzatish ob’ekti va birligi 
    tadqiqot maqsadiga bog’liq holda tanlanadi. 


    115 
    Aholi statistikasining ma’lumot manbalari quyidagilardan iborat: aholi 
    ro`yhati – aholi xaqidagi ma’lumotlarning birinchi va asosiy manbai bo`ib, u 
    aholi haqida har tomonlama to`liq va aniq ma’lumotlarni beradi. Lekin umumiy 
    aholi ro`yxatini o`tkazish – katta mehnat va mablag’ talab qiladigan jarayon 
    bo`lgani uchun BMT statistik hay’ati uni har o`n yilda bir marta amalga 
    oshirishni taklif qilgan. 
    Ro`yhatga olishlar orasida esa mamlakatda yuz bergan demografik va 
    ijtimoiy jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni joriy hisob yoki tanlama kuzatish 
    ma’lumotlaridan olish mumkin. Aholining tabiiy va mexanik harakati haqidagi 
    ma’lumotlar asosida har bir xududdagi yillik aholi sonini hisoblash mumkin. 
    Aholini statistik o`rganish natijalari asosida turli xil ijtimoiy-iqtisodiy 
    masalalar echiladi va aholi statistikasining vazifalari quyidagilardan iborat: 
    - aniq hudud, moment va sharoitda aholi sonini aniqlash; 
    - aholini mamlakatning ayrim hududlari bo`yicha joylanishini (zichligini) 
    tahlil qilish; 
    - aholi tarkibini (jisni, yoshi, millati, ijtimoiy holati, ma’lumoti, bandligi 
    va h.k.) o`rganish; 
    - aholini takror paydo bo`lishi (tug’ilish, vafot etish, tabiiy o`sish, 
    nikohdan o`tish va uni bekor qilish) jarayonlarini o`rganish; 
    - aholi migratsiyasi (ko`chib kelishi, ko`chib ketishi) jarayonlarini 
    o`rganish; 
    - aholi soni va tarkibi kelajagini bashoratlash va h.k. 

    Download 3,01 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   141




    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi

    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish