177
I. Ishlab chiqarish hisoblamasi
Foydalanish
Resurslar
2. Oraliq iste`mol
3. YAlpi qo`shilgan qiymat (1-2)
1. Ishlab chiqarish
Jami foydalanilgan
Resurslar jami
Ishlab chiqarish hisoblamasi ishlab chiqarish
natijalarini yoritish uchun
mo`ljallangan. Uning o`ng tomonida aks ettiriluvchi ishlab chiqarish,
ishlab
chiqarish natijalarini o`lchovchi boshlang’ich nuqta bo`lib hisoblanadi. Keng
ma`noda ishlab chiqarish – ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlar qiymatini
aks ettiradi. Uni hisoblash jarayonida ishlab chiqarishning o`zida sarflangan tovar
va xizmatlar qiymati ayirib tashlanmaydi. SHuning uchun ishlab chiqarish
tarkibida takroriy hisoblamalar mavjud bo`ladi.
Iqtisodiyotning har xil sektor va tarmoqlarda har xil usullarda hisoblangan
ishlab chiqarish hajmi bir-biridan farq qiladi. Masalan,
nomoliyaviy sektorda
ishlab chiqarish hajmi quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi:
P = R + S;
bunda,
P – ishlab chiqarish;
R – sotilgan mahsulot hajmi;
S – ishlab chiqarilgan, lekin sotilmay qolgan tayyor mahsulotlar
zahiralarining ortishi, bunga tugallanmagan ishlab chiqarish
qoldig’i ham qo`shiladi.
Sotilmay qolgan tayyor mahsulotlar zahirasining ortishi quyidagi formula
bo`yicha hisoblanishi mumkin:
S = S
1
– S
0
;
bunda,
S
1
– davr oxirida zahiralar qiymati;
S
0
– davr boshidagi zahiralar qiymati.
Aytish lozimki, MHTda quyidagi muhim qoidaga rioya qilinadi: tovarlar va
xizmatlar ishlab chiqarilgan vaqtidagi
baho bilan baholanadi, sotilgan vaqtidagi
baho bilan emas. YUqori inflatsiya mavjud bo`lgan
davrda bunday farq juda
yuqori bo`lishi ham mumkin.
Mahsulot ishlab chiqarish vaqtidagi baho bilan baholash maqsadida
MHTda zahiradagi tayyor lekin sotilmay qolgan mahsulotlarni yuqori inflyatsiya
davrida baholash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
S
1
= L – M
bunda,
L – tovarlarni zahiraga qo`yish vaqtidagi baho bilan baholangan
mahsulotlar qiymati;
M – tovarlarni zahiradan olish vaqtidagi baho bilan baholangan
mahsulotlar qiymati.
Bank muassasalarining ishlab chiqarish hajmi quyidagi formula bo`yicha
aniqlanadi:
R = T
1
– T
0
bunda,
R – banklarning ishlab chiqarish hajmi;
T
1
– mablag’larni jalb qilgani va joylagani uchun xaridorlarning
banklarga to`lagan foizlari;
178
T
0
– banklar tomonidan ozod moliyaviy resurslarni jalb etgani uchun
banklarning xaridorlarga to`lagan foizlari.
Demak, banklar resurslarni saqlovchilar
bilan investorlar orasidagi
vositachi rolini o`ynaydilar. Aytish lozimki moliyaviy vositalarning ishlab
chiqarish hajmiga xaridorlarning quyidagi xizmatlar uchun to`lovlari: boyliklarni
seyflarda saqlash, investitsiyalash bo`yicha
berilgan maslahatlar, valyuta
almashtirish va h.k. ham qo`shiladi.
Sug’urta kompaniyalar mahsulot hajmi quyidagicha aniqlanadi:
P = R – K + Q – N
bunda,
R – sug’urta kompaniyalarga to`langan sug’urta mukofotlari;
K – sug’urta kompaniyalari to`lagan sug’urta to`lovlari;
Q – sug’urta kompaniyalari tomonidan texnik zahiralarni
qimmatbaho qog’ozlarni va boshqa moliyaviy mablag’larni
investitsiyalashdan olingan foizlar;
N – sug’urtalangan texnik zahiralar hajmining ortishi.