• Aholi daromadlari
  • Birlamchi daromad
  •  Aholi daromadlarining shakllanishi va uning tarkibi




    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet134/141
    Sana20.12.2023
    Hajmi3,01 Mb.
    #124927
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   141
    Bog'liq
    Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

    18.2. Aholi daromadlarining shakllanishi va uning tarkibi. 
    Aholining 
    turmush 
    darajasi 
    ko`p 
    jihatdan 
    ularning 
    olayotgan 
    daromadlariga bog’liq bo`lib, shaxsiy ehtiyojlarni qondirilish darajasini 
    ifodalaydi. 
    Aholi daromadlari – ma`lum vaqt oralig’ida uy xo`jaliklari tomonidan 
    olingan pul va natural formadagi vositalar bo`lib, ular quyidagilarni o`z ichiga 
    oladi: 

    aholi barcha kategoriyalarning mehnat haqi; 

    pensiya, nafaqa, stipendiyalar va boshqa ijtimoiy transfertlar; 

    xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan shaxslar daromadlari; 

    kreditlar, xorij valyutalarini sotishdan olingan daromadlar; 

    mulkdan olingan daromadlar (masalan, qo`yilmalar, qimmatli 
    qog’ozlar bo`yicha foizlar, dividendlar va h.k.); 

    qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotishdan olingan tushumlar va 
    boshqalar. 
    Aholi daromadlari darajasini aniqlash va tarkibini o`rganish uchun qator 
    ko`rsatkichlardan foydalaniladi. 
    Dj.Xiks ta`limotiga asosan, daromadlarni taqsimlashni har xil jarayonini 
    aks ettiruvchi uy xo`jaliklarining daromadlari ko`rsatkichlari hisoblanadi: 
    birlamchi daromadlar. ixtiyordagi daromadlar, tuzatish kiritilgan ixtiyordagi 
    daromadlar. 
    Birlamchi daromad – har bir boquvchiga joriy va o`zgarmas baholarda 
    hisoblangan moddiy ne`matlar ishlab chiqarishda bevosita qatnashib olingan 
    daromadni bildiradi. Bu ko`rsatkich faqat ishlovchi uy xo`jaligi a`zolariga 
    nisbatan hisoblanadi va ular quyidagilarni o`z ichiga oladi: mehnat haqqi, aralash 
    daromadlar, mulkdan olingan sof daromadlar, foyda va uy-joy egalari olgan unga 
    tenglashtirilgan daromadlar. 
    Joriy transfertlar qoldig’iga tuzatish kiritilgan birlamchi daromadlar, uy 
    xo`jaliklari ixtiyoridagi daromadlarni tashkil etadi: 
    ID = BD + 

    JT 
    bunda, 
    ID – ixtiyordagi daromadlar; 
    BD – birlamchi daromadlar; 

    JT – uy xo`jaliklari joriy transfertlari qoldig’i. 
    Joriy transfertlar qoldig’ini, tashqariga berilgan va tashqaridan olingan 
    daromadlarni hisobga olsak ixtiyordagi milliy daromad hosil bo`ladi. Bu 
    makroiqtisodiy ko`rsatkichlardan, milliy daromad ko`rsatkichi kabi aholi turmush 
    darajasini va mamlakat iqtisodiyoti holatini kompleks tahlil qilishda foydalanish 
    mumkin. 


    192 

    Download 3,01 Mb.
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   141




    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Aholi daromadlarining shakllanishi va uning tarkibi

    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish