194
daromadlari, aholining sotib olish qobiliyati aniqlanadi va boshqa hisob-kitoblar
amalga oshiriladi.
Balansning
daromadlar qismi har xil manbalardan tushumlarni
ifodalaydi. Ularni moliyaviy
va statistik hisobotlardan, tanlama kuzatish va
boshqa manbalardan olish mumkin.
Balansning
xarajatlar qismi aholi tomonidan to`langan transfertlar, tovar
va xizmatlarni sotib olish uchun to`lovlar va aholining depozit va qimmatli
qog’ozlarda ortgan jamg’armalaridan tashkil topadi.
Balansning daromadlar qismida ba`zi bir iqtisodiy ma`nosi bir xil bo`lgan
moddalar kiritilgan. Masalan, mulkdan olingan
daromadlarga dividendlar,
jamg’arma va qimmatli qog’ozlardan olingan foizlar.
Balansning xarajatlar qismidagi ko`rsatkichlar o`zining iqtisodiy
mohiyatiga ko`ra milliy hisoblar tizimidagi ko`rsatkichlar bilan bir xil emas.
Daromadlar qismini xarajatlar qismiga nisbatan ortiq bo`lishi pul formadagi
aktivlarni o`sishini anglatadi. Agar aksincha bo`lsa, aholining iste`mol xarajatlari
uy xo`jaliklarining yig’ilgan aktivlari hisobidan moliyalashtirilganini ifodalaydi.
O`zbekiston 2005 yil statistik axborotnomasi ma`lumotlariga ko`ra
aholining nominal pul daromadlari hisobot davrida 2004
yilning shu davriga
nisbatan 29,7%ga ko`paydi va 9989,8 mlrd. so`mni tashkil qildi, aholining pul
xarajatlari va jamg’armalari 28,8%ga ko`payib 9794,6 mlrd. so`mni tashkil qildi.
195
Aholining pul daromadlari, xarajatlari va jamg’armalari dinamikasi quyidagicha
ifodalanadi: (mlrd. so`m)
Aholi pul
daromadlari
Aholi pul xarajatlari va
jamg’armalari
Pul daromadlarining
xarajatlardan farqi
2004 y.
7702,3
7604,2
98,1
2005 y.
9989,8
9794,6
195,2
2005 yilda aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi tarkibi quyidagicha
ifodalanadi:
Mlrd.
so`m
Jamiga
nisbatan foiz
hisobida
2004 yilga
nisbatan foiz
hisobida
Jami daromadlar
9989,8
100
129,7
SHu jumladan:
Mehnatga haq to`lash va
korxonalardan olingan boshqa
daromadlar
2936,6
29,4
139,8
Qishloq xo`jalik mahsulotlarini
sotishdan olingan daromadlar
2595,1
26,0
115,5
Ijtimoiy transfertlar
1456,2
14,6
137,5
Mol-mulk, tadbirkorlik daromadlari
va boshqalar
3001,7
30,0
130,8
Jami xarajatlar va jamg’armalar
9794,6
98,0
128,8
SHu jumladan:
Iste`mol xarajatlari
7248,3
72,5
122,4
Majburiy to`lovlar va badallar
697,5
7,0
117,8
Omonatlar, qimmatli qog’ozlarga
joylashtirish, jumladan valyuta
xarid qilish hisobiga
jamg’armalarning o`sishi va boshqa
xarajatlar
1848,8
18,5
169,3
Aholi pul daromadlarining umumiy hajmida
tadbirkorlik faoliyatidan
olingan daromadlar (qishloq xo`jalik mahsulotlari sotishdan olingan daromadlarni
qo`shgan holda) va mol-mulk ulushi yuqori bo`lib, umumiy pul daromadlarining
56,0%ini, mehnatga haq to`lash va korxonalardan olingan boshqa daromadlarning
ulushi 29,4%ni, ijtimoiy transfertlarning ulushi esa 14,6%ni tashkil qildi.
Aholining iste`mol xarajatlari 22,4%ga ko`paydi va 7248,3 mlrd. so`mni
tashkil qildi. Iste`mol xarajatlari ulushi pul daromadlarining umumiy hajmida
76,8%dan 72,5%ga kamaydi.
Majburiy to`lovlar va badallarga haq to`lash xarajatlari 17,8%ga ko`paydi
va 697,5 mlrd. so`mni tashkil qildi, ularning pul daromadlaridagi ulushi 7,7%dan
7,0%ga kamaydi.