36
200
0
200
1
200
2
200
3
200
4
200
5
0
1
2
3
4
5
6
7
don
paxta
Koordinat sistemasini chizib, vertikal o`qqa
paxta va don yalpi hosilini,
gorizontal o`qqa esa yillarni joylashtiramiz. Agar masshtab qilib davrlar uchun 1
sm : 1 yilga, ko`rsatkichlar uchun esa 1 sm : 1 mln. t. paxta va donga teng deb
olsak, u holda yuqoridagi ma`lumotlar abssissa va ordinata o`qlarining
shkalalarida quyidagi nuqtachalar bilan ifodalanadi:
Yillar (sm)
1
2
3
4
5
6
1
Paxta
3,0
3,3
3,1
2,8
3,5
3,7
3,0
Don
3,9
4,1
5,8
3,2
6,0
6,5
3,9
Bu nuqtachalarni tegishli o`qlarda nishonlab, ulardan perpendikulyar
chiziqlar o`tkazamiz, keyin ularning o`zaro kesishgan
joyidagi nuqtalarni
birlashtirib, 10-chizmadagi paxtachilik va don etishtirishga tegishli siniq
chiziqlarni hosil qilamiz.
Masshtab: 1 sm-1 mln.t.
10-chizma. O`zbekistonda paxta va
don etishtirishning o`sishi.
CHiziqli diagrammada bir nechta hodisa dinamikasini ham tasvirlash
mumkin. Bu holda siniq chiziqlar har xil rang bilan
yoki bir-biridan ajralib
turadigan ko`rinishda (yo`g’on chiziq, ingichka, punktir va h.k) chizilishi kerak
(10-chizma).
Dinamika qatorlarini chiziqli diagramma shaklida tasvirlayotganda shuni
esda saqlash lozimki, grafikning ko`rimli va oson tushunarli bo`lishi
uchun
masshtabni to`g’ri olish muhim ahamiyatga ega.
Agar davrlar uchun olingan masshtab juda kichik bo`lsa, u holda
diagramma sur`ati, ya`ni taraqqiyot qonuniyatini buzib, sun`iy
tarzda
kuchaytirib aks ettiradi. Ushbu masshtab haddan tashqari katta olinganda esa,
aksincha, o`sish sur`ati sun`iy ravishda so`nish tarzida gavdalanadi. Demak, bu
ham maqsadga muvofiq emasdir.
Shuning uchun masshtabni shunday belgilash kerakki, u ko`rsatkichlar
orasidagi proporsionallik va nisbatlarni to`la va aniqroq tasvirlash imkoniyatini
tudirsin.