41
85,0 va 81,1 foizgacha kamaygan. Bunday miqdorlar statistikada nisbiy
miqdorlar deb yuritiladi.
Agar so`z aholi turmush tarzi yoki turmush darajasi to`g’risida boradigan
bo`lsa, u holda eng avvalo aholining real daromadi darajasi va uning o`zgarish
yo`nalishi nazarda tutiladi. Quyidagilar, ya`ni:
aholining umumiy soni, shu jumladan erkaklar va ayollarning soni, yoshi,
ularning qanchasi shaharda va qanchasi qishloqda yashayotganligi;
qanchasi sanoatda, qishloq xo`jaligida, qurilishda, transport, savdo va boshqa
sohalarda ishlayotganligi;
qanchasi muhandis, agronom, shifokor, o`qituvchi, iqtisodchi, ilmiy xodim
ekanligi;
qanchasi ishchi, jamoa a`zosi, xizmatchi va ularning malakasi, ma`lumot
darajasi;
mamlakatda necha kishi o`qimoqda va boshqalar to`g’risidagi qator mutlaq
va nisbiy miqdorlar xalq xo`jaligi istiqbolini belgilash uchun asos qilib
olinadi.