|
Mutlaq miqdorlar va ularning turlariBog'liq Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika5.2. Mutlaq miqdorlar va ularning turlari.
Ifodalanishiga qarab, mutlaq miqdorlar: yakka va umumiy miqdorlarga
bo`linadi. YAkka mutlaq miqdorlar statistik kuzatish jarayonida olinib,
boshlang’ich hisob va kuzatish hujjatlarida qayd qilinadi. Bunday miqdorlar
kuzatilayotgan to`plamning alohida birliklarini tavsiflaydi va statistik tekshirish
uchun manba bo`lib hisoblanadi. Guruhdagi har bir talaba, davlat xo`jaligidagi
ayrim ekinlar maydoni, zavoddagi har bir ishchining olayotgan ish haqi va
hokazolar yakka mutlaq miqdorlarga misol bo`la oladi. Ular svodkalash va
guruhlash uchun manbagina bo`lmasdan, ilg’or tajribalarni ommalashtirishda,
ijobiy va salbiy voqealarni yoritishda keng qo`llaniladi.
Umumiy mutlaq miqdorlar deganda kuzatilayotgan to`plamning har bir
birligini emas, balki uning yig’indisini ta`riflovchi miqdorlar tushuniladi. Ular
boshlang’ich statistik kuzatish materiallarini svodkalash natijasida olinadi.
Bunday mutlaq miqdorlarga guruhdagi yoki institutdagi jami talabalar soni,
qishloq xo`jaligidagi hamma ekinlar maydoni, zavoddagi barcha ishchilarning
ish haqi fondi misol bo`la oladi. Demak, umumiy mutlaq miqdorlar mohiyati
jihatdan bir xil bo`lgan yakka mutlaq miqdorlarning yigindisidir. Buni
quyidagicha yozish mumkin:
n
t
t
i
n
um
a
a
a
a
a
A
1
3
2
1
...
bu erda:
A
um
– umumiy mutlaq miqdor;
a
1
…a
n
– kuzatilayotgan to`plam birliklari, yakka mutlaq miqdorlar;
n
t
t
i
a
1
– to`plam birliklarining yig’indisi.
Umumiy mutlaq miqdorlar hodisa va jarayonlarning umumiy sonini,
hajmini, qiymatini o`zida aks ettirib, muayyan olingan xo`jalik, tarmoq, viloyat,
jumhuriyat mavqeini, imkoniyatini tavsiflaydi. Mutlaq miqdorlar:
42
naturada;
shartli naturada;
pulda;
kompleks o`lchov birliklarida ifodalanishi mumkin.
|
| |