37
1. Statistik ma`lumotlar jonsiz sonlar ustuni va qatorlari bo`lib,
ularning
orqasida yashirinib yotgan hodisalarni bilish, ular o`rtasidagi o`zaro aloqalarni
anglash va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash ma`lumotlardan foydalanuvchi
shaxslarning ularni o`qiy olish, sonlar tilini bilish qobiliyatiga bog’liq.
Statistikaning vazifasi esa ularga barcha qulay sharoitlarni tudirib
ko`maklashishdan iborat. Bu jarayonda uning zimmasiga tushadigan yukni tovar
bozorida faoliyat qilayotgan savdogarning vazifasiga qiyoslash mumkin.
Bozorda o`z molini xaridorgir qilib ko`rsatish maqsadida sotuvchi uni to`la
ma`noda tovar qilib e`tirof etishga, ya`ni barcha oliy omonlarini ko`rsatishga
intilganidek, statistik ham o`z faoliyatining mahsuli bo`lmish ma`lumotlarni
yaqqol, ko`rkam, jozibali qilib, barcha mantiqiy-mazmuniy
tomonlarini
oydinlashtirib taqdim etishi kerak. Shu maqsad uchun statistik ma`lumotlarni
jadvallar shaklida ifodalash va grafikda tasvirlash xizmat qiladi.
Jadvallar statistik ma`lumotlarni ixcham shaklda, o`ziga xos xususiyat va
bog’lanishlarni yaqqol qilib taqdim etish imkoniyatini bersa, statistik grafiklar
ularni ko`rkam, jozibali, o`ziga tortuvchan,o`zaro nisbatlari, o`xshashlik va
farqlarini ko`zga ilinarli qilib tasvirlaydi. Natijada son tilini bilish, ularni o`qish
va talqin etish osonlashadi.
Jadval va grafiklarni tuzish san`atdir, ammo samarali ilmiy vosita sifatida
ular xizmat qilishi uchun bu san`atdan to`g’ri foydalana bilish lozim.
Sonlar
bilan ishlashni bilmaydigan shaxslarga ular, qanchalik yaxshi ishlov berilgan
bo`lmasin, juda oz ma`no kasb etadi yoki butunlay hech narsani anglatmasligi
mumkin. Statistik raqamlar bilan birinchi to`qnashishdayoq, ular sarosimaga
tushib qoladi. Agarda buning ustiga biror kimsa tezroq uqdirish maqsadida bu
sonlarni hadeb qayta -qayta eslatib turadigan bo`lsa,
parokandalik vaziyati
yanada kuchayadi. Bunday holatlarda odam jadvalning ma`lum qismigagina
e`tibor qilishga moyil bo`ladi, undan biror ma`no chiqarishga intiladi, ammo bu
holda urg’u belgisini noo`rin qo`yish xavf-xatari ortadi. Umumlashtirilmagan
xomaki ma`lumotlarga duch kelgan odamzod kayfiyatini bepoyon chakalakzor
o`rmonda kompassiz adashib qolgan kishining holati bilan qiyoslash mumkin.
Xo`sh, bu holatdan qanday chiqish kerakq Qaysi tomon sharqu, qaysi tomon
g’arbq Barglar orasidan taralayotgan yorug’lik nuriga qarab yo`l tutsa, u
o`rmondan tashqariga olib chiqishi yoki
aksincha uning yanada qalin
chakalakzor zulmatiga olib borishi mumkin.
Shuning uchun ma`lumotlar mohiyatini anglash, bilish jarayonini
engillashtirish uchun ularni sodda va asl ma`nosida taqdim etish kerak. Demak,
jadvallarni tuzayotganda ma`lumotlarning tabiatiga e`tibor berish zarur va yana
shuni ham hisobga olish kerakki, ayrim ma`lumotlar birmuncha oson yo`l bilan
umumlashtirilsa va soddalashtirilsa boshqalari esa, aksincha ancha-muncha
qiyinchilik tudiradi. Masalan, korporatsiya rahbarlari moliyaviy barqarorlik
haqida darak olish bilanoq, ularda qaysi bo`lim qanday ko`rsatkich bilan faoliyat
qilayotganini bilish ishtiyoqi paydo bo`ladi. Shu
sababli moliyaviy natijalar
haqidagi jadvalda har qaysi bo`lim bo`yicha foyda yoki zarar hajmini ko`rsatish
va ularni mahsulot turlari bo`yicha taqsimlash etarlidir. Ammo bunday jadvalni
ortiqcha ma`lumotlar bilan to`ldirib yuborish mumkin emas, jumladan foyda
38
keltirgan bo`limlar haqida qo`shimcha buning sabablarini yorituvchi
ma`lumotlar berish noo`rindir, chunki ularga boshliqlar muhtoj emas. Qanchalik
jadvallar sodda shaklda tuzilsa, shunchalik ulardagi ma`lumotlarni talqin etish
oson bo`ladi.
Ammo bunday soddalashtirish me`yorda bo`lishi kerak,
bu esa jadval va
grafiklar tuzish qoida-tartiblarida belgilanadi.
4. Statistik ma`lumotlarni tasvirlovchi diagramma va chizmalarga nazar
tashlash, ular ustida fikrlashga qaraganda nafaqat oson va qulay, balki shu bilan
birga tafsilotlarni yozma yoki ozaki bayon qilishga nisbatan ko`proq taassurot
qoldiradi. Kuzatuvchi o`zining ko`rib sezish qobiliyatidan foydalanib
shakllardagi, tashqi qiyofadagi va jismoniy kattaliklardagi o`xshashlik va
farqlarni tezroq ilab oladi, ikir-chikirlaridan esa chetlanadi. Ammo diagramma
va
tasvirlar
yordamida
statistik
ma`lumotlarni
soddalashtirish
va
yuzakilashtirishning ma`lum chegarasi (optimal me`yori) mavjud. Bu me`yor
grafiklarda ifodalangan tasviriy mutanosibliklar haqiqatda ma`lumotlarda
kuzatiladigan nisbatlar va xususiyatlarga
qanchalik mos kelishi bilan
belgilanadi. Undan oshirib yuborish muayyan tasviriy vositalarini suiiste`mol
qilish ya`ni ulardan yomon niyatda foydalanish hisoblanadi. Nazar tashlash,
ko`rish odamzod idrokini chalitishi, noto`g’ri fikrga olib kelishi mumkin.
11-chizma.
12-chizma.
13-chizma.
11-chizmada XYZ chizig’ida qaysi kesim XY yoki YZ uzun ko`rinishda
XY kesimi uzunroqqa o`xshaydi, aslida esa ikkala kesim tengdir.
12-chizmada AE chizig’i EB chizig’iga qaraganda uzunroqqa o`xshaydi, aslida
ular teng. 13-chizmada CD tik chiziq yotiq AB chizig’idan uzunroq ko`rinadi,
haqiqatda esa ular teng. Hurmatli o`quvchilarimiz chizich bilan o`lchab tekshirib
ko`radilar degan umiddamiz. Bevosita birgina diagramma va tasvirlarning o`zi
ko`zning aldanishiga, chalishiga sabab bo`libgina qolmasdan, ularga yuzaki
nazar tashlash, sinchiklab qaramaslik ham bunday soxta tassurotga sabab
bo`ladi. Aniq ma`lumotlarga ega bo`lmasdan puch hayollarga berilib, xomaki
fikrlarning tasdiqini diagramma va tasvirlar orqali yuzaga chiqarish uchun
intilish aslo noto`g’ri harakatdir. Bunday ojizlik odamzod tabiatida uchrab
turadigan nuqsonlardan biri bo`lib, diagramma va tasvirlar
tuzish qoidalari esa
ularning oldini olish uchun samarali chora hisoblanadi.