47
4. Statistik ko`rsatkichlarning qanday turlari bor?
5. Mutlaq ko`rsatkich deganda nima tushuniladi?
6. Mutlaq ko`rsatkichlarning qanday turlarini bilasiz?
7. Mutlaq ko`rsatkichlar qanday shakllarda (o`lchov birliklarida) ifodalanadi?
8. SHartli o`lchov birliklari nima va qachon qo`llanadi?
9. Nima uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida statistik ko`rsatkichlarni pulda
(qiymatda) ifodalash kerak?
10. Ayollar, erkaklar va bolalar poyafzallarini, ko`ylaklarini, kostyumlari va
boshqa buyumlarini donalab hisoblab bo`ladimi? Agarda bo`lsa,
bunday
o`lchash qanday kamchiliklarga ega?
11. Bilim darajangizni qanday ko`rsatkichlar yordamida o`lchash mumkin?
12. Nima uchun ishlab chiqilgan chit va boshqa gazmol turlari pogonometr va
jismoniy metrda o`lchanadi?
13. Qaysi holda mashinasozlik mahsulotlari jismoniy birliklarda va qaysi paytda
og’irlik birligida o`lchanadi?
14. Qanday maqsad ko`zlanganda barcha buyumlar og’irlik birliklarida
o`lchanadi va nima uchun turli o`lchov birliklarida hisoblanadi?
15. Aholi ro`yxatida Sizning yoshingiz qaysi o`lchov birligida qayd qilinadi?
16. Hamyoningizda 3000 so`m bor, yil boshiga nisbatan iste`mol baholari 60%
oshgan. Real qiymatda hamyoningizdagi pul necha so`m?
17. Siz o`tgan oyda 1-kun 4 soat, 2-kun 10 soat, 3-kun 6 soat o`qigansiz, boshqa
kunlari kasal bo`lib o`qishga kelmagansiz. Qancha odam-soat, odam-kun va
odam-oy o`qishda bo`lgansiz?
18. Shirkat xo`jaligida 5ta 6 qatorli, 8 ta 4 qatorli va 3 ta 2
qatorli paxta terish
mashinalari bor, paxta ekin maydoni 500 ga. Xo`jalik terim mashinalari bilan
qanday ta`minlangan?
19. Nisbiy ko`rsatkichlar nima va ular qanday ifodalanadi? Foiz bilan koeffisient,
foiz bilan promille o`rtasida qancha farq bor?
20. Taqqoslash deganda nima tushuniladi, uning qanday turlari mavjud?
21. Nisbiy ko`rsatkichlarning qanday turlarini bilasiz?
22. Nisbiy ko`rsatkich turlari orasida qanday o`zaro bog’lanishlar bor?