58
o`lchashga asoslanadi, undan chetlanish (abstraktsiyalanish) yo`llarini
yaratishga tayanadi. Variatsiya ommaviy hodisalarning
barqaror topishi va
rivojlanishi uchun, so`zsiz, zaruriy shart hisoblanadi.
O`rtacha miqdor bir-biridan tafovutda bo`lgan alohida miqdorlarni
umumlashtirib tavsiflasa-da, lekin o`ziga nisbatan alohida miqdorlarning qay
darajada tafovutda ekanligini, tafovutning qanchalik
katta-kichikligini ifodalay
olmaydi. Vaholanki, o`rtachaning real qiymatga ega bo`lishi bevosita alohida
miqdorlar o`rtasidagi tafovutga bog’liq.
Agar alohida miqdorlar o`rtasidagi tafovut (o`zgaruvchanlik) qancha
kichik bo`lsa, ular asosida hisoblangan o`rtacha shuncha real bo`ladi va
aksincha, o`rtadagi tafovut qancha katta bo`lsa, ular asosida hisoblangan
o`rtacha shuncha ishonchsizroq, haqiqatdan uzoqroq bo`ladi. Masalan, o`rtacha
miqdor – 30 soni 1 ga 59 ni qo`shib, uni ikkiga bo`lish
natijasida olinishi
mumkin. Ravshanki, bu tipik va real o`rtacha bo`la olmaydi, chunki 1 bilan 29
o`rtasidagi tafovut juda xam katta. SHu o`rtacha, ya`ni 30 soni 29 ga 31 ni
qo`shib, uni ikkiga bo`lish natijasida ham olinishi mumkin. Albatta, bu o`rtacha
oldingiga nisbatan haqiqatga yaqinroq, chunki u alohida miqdorga yaqin.
Demak, ijtimoiy hodisalarni tahlil qilishda faqatgina umumlashtiruvchi
ko`rsatkich – o`rtacha miqdorni hisoblash bilan cheklanmasdan, balki shu
o`rtachadan alohida miqdorlarning qanchalik tafovutda ekanini ham tahlil qilish
lozim.
Statistikada variatsiya deyilganda to`plam birliklari o`rtasidagi tafovut
(farqlanish), o`zgaruvchanlik tushuniladi.