|
Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlarBog'liq Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. StatistikaNazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
1. O`rtacha miqdor nima?
2. Har bir kursdoshingiz II semestrda barcha fanlardan to`plagan ballari
ma`lum. O`rtacha guruhingiz bo`yicha bir talaba ballini qanday aniqlaysiz?
Bu misolda II semestr birinchi semestrga nisbatan har bir kursdoshingiz
to`plagan ballarning o`sish suratlari ham berilgan bo`lsa, u holda o`rtacha
o`sish suratini arifmetik o`rtacha yordamida hisoblab bo`ladimi?
3. Geometrik o`rtacha nima? U qachon qo`llanadi. Taqsimot o`rtacha darajasini
bu o`rtacha asosida aniqlab bo`ladimi?
4. Ikkita aholi ro`yxati yakunlariga asoslanib, har bir viloyat va respublika
bo`yicha o`tgan davrning o`rta yili uchun aholi sonini aniqlab bo`ladimi?
5. Asosiy aktivlar yil boshiga 30 mlrd.so`m, yil oxiriga esa 300 mlrd.so`m
bo`lgan yil o`rtasida ularning hajmi qancha bo`lgan?
6. Yiliga 36% daromadli qilib bankka yil boshida 100, 200, 300 ming so`m
qo`yilgan. Yil o`rtasida (1 iyul holatida) bu mijozlar daftarchasida o`rtacha
qo`yilma hajmi qancha so`mni tashkil etadi?.
7. 1 yilda bankdan yiliga 50% li 50, 100, 200 mln.so`m kredit olingan. Yil
oxirida o`rtacha bir mijozning qarzi qancha so`mni tashkil etadi?.
8. Garmonik o`rtacha nima va qanday sharoitda u qo`llanadi?
9. 13 ta sonlarning arifmetik o`rtachasi 10, 42 ta sonlarniki esa 16. Bu misolda
10 va 16 garmonik o`rtacha yordamida bilan aniqlangan deb umumiy
o`rtachani hisoblang.
10. Boshlang’ich natural sonlar uchun arifmetik o`rtacha bilan garmonik
o`rtachani hisoblang. Ulardan qaysi biri medianaga teng?
11. 1, 2, 4, 8, 16, ... , 2
n
qator uchun arifmetik, geometrik va garmonik
o`rtachalarni hisoblang.
12. Biror belgi qiymatlari 0, 1, 2, 3... binomial taqsimot qatori bilan ifodalanadi:
q
n
, nq
n-1
∙ P, ((n(n-1)) / 1.2) ∙q
n-2
p
2
...
bu erda q+p=1.Bu belgining arifmetik o`rtacha qiymatini aniqlang.
13. Haroratni Selsiya yoki Farengeyt termometrlari yordamida o`lchash, uning
arifmetik o`rtacha darajasiga ta`sir etmasligini asoslab bering. Haroratni turli
o`lchovlarda ifodalash geometrik o`rtacha darajaga nima uchun ta`sir etadiq
Garmonik o`rtachaga ta`sir etadimiq (Eslatma: Farengeyt termometri 212
0
56
bo`lingan, Selsiya esa -100
0
, bunda 0
0
S=32
0
F ga mos keladi, demak,
180
0
=100
0
S ga tengdir yoki (5/9)S = 1
0
F yoki 1
0
S = (9/5)
0
F).
|
| |