65
oshirib ko`rsatish uchun tanlanmada bosh to`plamga nisbatan sifatli
mahsulotlarning salmog’ini sun`iy ko`paytirish natijasida muntazam xato hosil
bo`ladi.
Statistikada tanlanmaning reprezentativligini ta`minlaydigan turlicha
tanlash usullari mavjud bo`lib, ular avvalo individual va seriyalab (yoki
guruhlab) tanlashga bo`linadi. Individual tanlashda bosh to`plamdan
birliklar
alohida-alohida, seriyalab tanlashda esa ular seriyasi (guruhi) bilan olinadi.
Bundan tashqari, tanlash usullari bosh to`plamdan birliklarini
(seriyalarini) tanlab olish printsiplariga qarab tasodifiy,
mexanik va
kombinatsion tanlashlarga bo`linadi.
Bosh to`plamdan birliklar tasodifiy ravishda olinib tanlanma tuzilsa, u
tasodifiy tanlash deyiladi. Tasodifiy tanlash chek yoki qura tashlash yo`li bilan
amalga oshiriladi.
Tasodifiy tanlash
takrorlanuvchi yoki
takrorlanmaydigan sxemalarda
o`tkazilishi mumkin. Agar tanlab olingan birlik (yoki seriya) tanlanmaga
kiritilganidan (ya`ni zaruriy ma`lumotlar yozib olinganidan)
keyin yana bosh
to`plamga qaytarilsa va bundan keyingi tanlash jarayonlarida teng huquqda
qatnashsa, tanlash tartibi takrorlanuvchi deb ataladi, aksincha, qaytarilmasa,
takrorlanmaydigan sxema deb yuritiladi.
Bosh to`plamdan birliklar (yoki seriyalar) ma`lum
oraliqlarda tanlab
olinsa va tanlanmaga kiritilsa bunday usul
mexanik tanlash deb ataladi.
Oraliq kengligi (
i) bosh to`plam hajmini (
N) tanlanma hajmiga (
n) bo`lish
yo`li bilan aniqlanadi, ya`ni
i=N:n
Tipologik tanlashda:
1) bosh to`plam bir jinsli guruhlarga ajratiladi;
2) har bir guruhning to`plamdagi salmoi aniqlanadi;
3) har bir guruhdan birliklar ularning salmoiga proporsional ravishda
tasodifiy yoki mexanik usulda tanlanadi.