63
don sifatini aniqlash qobiliyatiga bog’
liq, u ayrim qoplarga qo`l tiqib,
namuna qilib olgan don sifatini sinaydi. Uning imoni komilki,
tanlanma butun to`plamning vakili bo`lib xizmat qiladi, tajriba esa
uning ishonchini tasdiqlaydi; u tanlanma bo`yicha mulohazaga
tayanib don xarid qiladi va sotadi. Xuddi shuningdek, komil ishonch
bilan xulosa yasaladiki, tanlanma ko`lamliroq bo`lgani sari u
boshlang’ich to`plam holatini aniqroq aks ettiradi.
Tanlanma tekshirish nazariyasi bunday va unga o`xshash imon
komillikka mantiqiy asos yaratadi. Ularga miq
doriy ifoda ham
bag’
ishlaydi.
O`rganiladigan to`plamdan etarli miqdorda birliklar maxsus
yo`llar bilan tanlanib, ular ustida o`tkazilgan kuzatish ma`lumotlari
asosida boshlang’
ich to`plam haqida qoniqarli axborot olish imkonini
beradigan usul tanlanma tekshirish deb ataladi.
Tanlanma tekshirish umuman quyidagi maqsadlarni ko`zlaydi:
1) vaqt va mablani tejash. Agar tanlanma kuzatishda bosh to`plamning,
masalan, faqat 2 foiz birliklari qatnashsa, u holda kuzatish ishlarining hajmi 50
marta (100:2) kamayadi, sarflanadigan vaqt va mabla ham deyarli shuncha
marta tejaladi;
2) tekshirish jarayonida sifati buziladigan
yoki foydalanish uchun
butunlay yaroqsiz shaklga keladigan predmetlar (to`plam birliklari) sonini
qisqartirish;
3) kuzatish ob`ektini kengroq va to`laroq o`rganish, bu holda bevosita
tekshiriladigan
to`plam
hajmi
qisqarishi hisobiga
kuzatish
dasturini
ob`ektlarning yangi muhim belgilari bilan boyitish va har bir birlik haqida to`la
va batafsilroq ma`lumotlar to`plash imkoniyati tug’iladi;
4) yoppasiga kuzatish natijalarini nazorat qilish.
Tanlama tekshirish odatda sifatli axborotlar bilan ta`minlaydi. Chunki bu
holda malakali mutaxassislarni jalb qilish, ularni kuzatish ijrochisi sifatida puxta
tayyorlash va sinash uchun imkoniyat oshadi. Xo`sh,
tanlanma kuzatish oldida
qanday vazifalar turadi
Asosiy vazifa shundan iboratki, kam kuch va mabla sarflab, bosh to`plam
haqida iloji boricha ko`p va sifatli axborot olishdir. Bu, o`z navbatida,
ma`lumotlar xarakteri va ularni olish usullariga bog’liq.
Tanlanma kuzatishda bizni ko`pincha bitta yoki bir nechta to`plam
belgilari qiziqtiradi.
Bunday
hollarda
boshlang’ich
to`plamni
ta`riflovchi
barqaror
ko`rsatkichlarni miqdoriy baholash bilan chegaralanamiz. Ko`pincha tanlanma
tekshirish mana shunday echimlarni olish bilan yakunlanadi.
Shu munosabat bilan tanlanma tekshirish nazariyasining katta bo`limi
tanlanma asosida bosh to`plamni ta`riflovchi barqaror ko`rsatkichlarni
baholashga bag’ishlanadi. Tanlanma bo`yicha bosh to`plam ko`rsatkichlarini
baholash usullari ko`p, ular bir-biridan yaxshi jihatlarga ega. Bunday
masalalarni tadqiq qilish bilan baholash nazariyasi shug’ullanadi. U baholashlar
64
oldiga qo`yiladigan talab va shartlarni belgilaydi, qanday sharoitlarda u yoki bu
usulga ustuvorlik berish masalalarini echadi, baholash natijalarini qiyosiy tahlil
qiladi. Ta`kidlash lozimki, tanlama asosida olinadigan
bilimlar va axborotlar
matematikadagi kabi qat`iy, shak-shubhasiz xarakterga ega emas, balki biroq
gumonli ishonchsizroqdir. Demak, tanlanma tekshirish ma`lumotlari asosida
boshlang’ich to`plam haqidagi fikr yuritish qat`iy
aniqlikka ega emas, balki
ehtimollarga tayanadi.
Tanlanma tekshirish nazariyasining boshqa vazifasi bosh to`plam
ko`rsatkichlarini baholash natijalarini ishonchlilik darajasini iloji boricha
ob`ektiv holda aniqlashdan iborat.
Tanlanmalar kichik hajmda bo`lganda, ularni tekshirish natijalariga
asoslanib boshlang’ich to`plamda belgining
chin qiymati yotadigan tor
chegaralarni aniqlash juda qiyin. Bu holda tekshirish vazifasi boshlang’ich
to`plamdagi korrelyatsiya me`yorini belgilash emas, balki me`yori qanday
bo`lishidan qat`iy nazar, to`plamda korrelyatsiya mavjudligi aniqmi, boshqacha
aytganda, tanlamada kuzatilgan korrelyatsiya muhimmi degan masalani
oydinlashtirishdan iborat. SHuning uchun kichik tanlanmalarga bag’ishlangan
ko`pchilik tekshirishlar o`ziga xos xususiyatga ega.
Ularda statistik
ko`rsatkichlarning aniqliligini baholash, ularning muhimligini aniqlash asosiy
maqsad deb qaraladi. Bunday baholashlar uchun ishlab chiqilgan usullar katta
tanlamalarda ham qo`llanishi mumkin va haqiqatda qo`llanadi.