61
to`plamda sodir bo`ladigan ob`ektiv miqdoriy va sifat o`zgarishlar natijasidir. U
to`plam birliklari bo`yicha o`rganilayotgan belgi
yoki belgilar qiymatlarida
kuzatiladigan tebranuvchanlik, o`zgaruvchanlikni bildiradi.
Variatsiya darajasi mutlaq va nisbiy ko`rsatkichlar tizimi orqali
o`lchanadi. Uning asosiy me`yorlari bo`lib dispersiya va kvadratik o`rtacha
tafovut, mutlaq o`rtacha tafovut,
nimkvartil kenglik, variatsion kenglik va
variatsiya koeffitsientlari xizmat qiladi. Bular ichida
dispersiya va kvadratik
o`rtacha tafovut hamda uning variatsiya koeffitsienti eng muhim ko`rsatkichlar
hisoblanadi.
Umumiy dispersiya o`rtacha juz`iy (ichki guruhiy) va guruhlararo
dispersiyalardan tarkib topadi. Nisbiy o`zgarishlarni o`rganayotganda va
asimmetrik taqsimotda variatsiya darajasini
baholayotganda geometrik
o`rtachaga nisbatan dispersiyani hisoblash o`rinli hisoblanadi.
Variatsiya ko`rsatkichlari o`rganilayotgan to`plam bo`yicha belgi
o`zgaruvchanlik darajasini umumlashtirib ta`riflaydi.
Ammo ular taqsimot
tuzilishi, uning shakli va ichki xususiyatlarni yoritib bermaydi. Bu maqsadlar
uchun asimmetriya va ekstsess ko`rsatkichlari xizmat qiladi.
Ular uchinchi va
to`rtinchi tartibli markaziy momentlar usulida hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni kontsentratsiyalashishi va
ixtisoslashishi, bozorni monopollashishi, kapitalni diversifikatsiyalashtirish kabi
muhim iqtisodiy jarayonlarni o`rganishda, jamiyat sotsial tuzilishidagi
o`zgarishlar, jumladan aholini ijtimoiy-iqtisodiy
tabaqalashishi va kam
daromadli qatlamlarini muhofaza qilishga qaratilgan davlat sotsial siyosatini
baholashda variatsiya ko`rsatkichlaridan keng ko`lamda foydalanadi.