59
x
– ularning o`rtacha miqdori;
f – hadlar soni (vazn);
f – hadlar yig’indisi.
Variatsion kenglik (R) deyilganda belgining
eng katta va eng kichik
darajalari o`rtasidagi farq tushuniladi. Bu ko`rsatkich
ranjirlangan qatorning
ikkita chetki hadlariga asoslanganligi sababli ayrim hollarda o`zgaruvchanlikni
noto`g’ri ta`riflashi mumkin.
Bunday holat, odatda,
chetki hadlar tasodifiy
bo`lgan taqdirda sodir bo`ladi. Bu ko`rsatkichdan qatorning
hadlari bir-biridan
unchalik katta miqdorda farq qilmaydigan sharoitlarda
foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
O`rtacha mutlaq tafovut (
d
) alohida miqdorlar bilan ularning o`rtacha
miqdori o`rtasidagi farqlarning to`plamdagi birliklar soni yig’indisiga bo`lgan
nisbat natijasidir.
Dispersiya (
2
) alo miqdorlar bilan ularning o`rtacha miqdori o`rtasidagi
farqlar kvadratining to`plamdagi birliklar soni yig’indisiga bo`lgan
nisbat
natijasidir.
Agar
dispersiyani
kvadrat
ildizdan
chiqarsak,
u
holda
o`zgaruvchanlikning haqiqiy darajasi kelib chiqadi. Bu ko`rsatkich o`rtacha
kvadratik tafovut deb ataladi.
Variatsiya koeffitsienti (
v) o`rtacha kvadratik tafovutning (
) o`rtacha
miqdorga (
x
) bo`lgan nisbat natijasiga teng.
Bu koeffitsient qiymati,
agar u
foizda ifodalangan bo`lsa, 0 bilan 100 orasida bo`ladi. U 0
ga qancha yaqin
tursa, o`zgaruvchanlik shuncha kuchsizligidan va 100 ga qanchalik yaqinlashsa,
o`zgaruvchanlikning shunchalik kuchliligidan dalolat beradi.
Variatsiya koeffitsientini foizda ifodalash yordamida turlicha ifodalangan
o`rtacha kvadratik tafovutlar bir xil asosga keltiriladi va ular yordamida turlicha
hodisalar o`zgaruvchanligi qiyosiy tahlil qilinadi.