54
4.Demak, mediana variatsion qatorning 4-o`rnida joylashgan bo`lib, u 23 ts/ga
ga teng.
Agar ranjirlangan qator juft sonli bo`lsa, u holda mediana variatsion qator
o`rtasida joylashgan ikkala variant yig’indisining teng ikkiga bo`linganiga teng.
Misol. 6 ta traktorchining smenadagi ish unumi quyidagilar bilan
tavsiflanadi:
Traktorchilarning tartib raqamlari
1
2
3
4
5
6
Traktorchilarning smenadagi ish unumi (ga)
5
6
7
8
9
10
Mediananing tartib raqami (6 + 1) : 2 = 3,5 ga teng. Demak, medianaga
mos tushuvchi variant 3 bilan 4 o`rtasida bo`lib, qatorni teng ikkiga bo`luvchi
ko`rsatkich, ya`ni mediana 7,5 gektarga teng: (7 + 8) : 2 = 7,5 ga.
Variatsion qatorni teng, masalan, 4, 5, 10 va 100 bo`laklarga (qismlarga)
bo`luvchi hadlar (varianta qiymati) kvantililar deb ataladi. Qatorni to`rtta teng
bo`lakka ajratuvchi miqdor (varianta qiymati) kvartili, besh qismga bo`luvchi –
kvintili, o`n bo`lakka ajratuvchi – detsili va yuz bo`lakka bo`luvchi pertsentili
deb nomlanadi. Har bir qator 3 ta kvartili, 4 ta kvintili, 9 ta detsili va 99 ta
pertsentiliga ega. Ular medianaga o`xshash tartibda hisoblanadi. Masalan, quyi
kvartili saflangan qatorning shunday variantasining qiymatiki, to`rtdan bir qism
to`plam birliklarida belgining qiymati undan kichik uchdan to`rt
qismda esa
katta bo`ladi. YUqori kvartili aksincha holatga ega bo`ladi, ya`ni uchdan to`rt
qism to`plam birliklarida belgi qiymati undan kichik, ¼ qismida esa katta
bo`ladi. quyi kvartili
Q
1
va yuqori kvartili
Q
3
ishorasi bilan belgilanadi. Mediana
bilan birgalikda kvartili to`plam birliklarini to`rt qismga bo`ladi. SHuning uchun
medianani o`rta kvartili sifatida qarash mumkin (
e
= Q
2
)