• Tayanch iboralar
  • 6.1. Statistikada o`rtacha miqdorlarning tutgan o`rni.
  • O`rtacha miqdor
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi




    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet46/141
    Sana20.12.2023
    Hajmi3,01 Mb.
    #124927
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   141
    Bog'liq
    Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

     


    48 
    Mavzu 6. O`RTACHA MIQDORLAR
    Reja:
    6.1. Statistikada o`rtacha miqdorlarning tutgan o`rni. 
    6.2. O`rtacha arifmetik miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi.
    6.3. O`rtacha garmonik miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi. 
    6.4. Moda va mediana. 
    Tayanch iboralar:
    O`rtacha miqdorlar, o`rtacha arifmetik miqdorlar, oddiy va tortilgan 
    o`rtacha miqdorlar, intensivlik nisbiy ko`rsatkichi, o`rtacha garmonik miqdor
    o`rtacha geometrik miqdor, mediana, moda, kvantililar, kvartil, kvintil, detsil, 
    pertsentil.
    6.1. Statistikada o`rtacha miqdorlarning tutgan o`rni. 
    Kundalik hayotimizda, turmushimizda o`rtacha miqdorlarni har qadamda 
    uchratamiz va qo`llaymiz, ammo odatda o`rtacha so`zining o`zini iboramizda 
    kam ishlatamiz. Bir nechta misollar keltiraylik. Bozor narx-navosini aniqlayotib, 
    ayrim mahsulotlar qanday baholarda sotilayotganini surishtiramiz. Odatda unisi 
    muncha so`m, bunisi buncha so`m degan javob eshitamiz. Ammo hamma 
    sotuvchilar o`z mahsulotlarini o`sha baholarda sotayotgani yo`q, albatta. Bu 
    erda, demak, o`rtacha baholar nazarda tutiladi. Qancha ish haqi olayapsiz degan 
    savolga oyiga shuncha so`m deb javob qilamiz. Aslida hamma oylarda o`sha 
    miqdorda ish haqi oayotganimiz yo`q, bu erda ham o`rtacha oylik ish haqi 
    nazarda tutilyapti.
    Har qanday hodisa o`zining yakka (individual) va umumiy miqdoriga ega. 
    Ammo yakka miqdor ham, umumiy miqdor ham o`sha hodisani umum-
    lashtirilgan holda ta`riflay olmaydi. Masalan, agar gap ishchilarning ish haqi 
    ustida borsa, ish haqi darajasi va uning o`zgarishini aniqlash zarur bo`lib qolsa, 
    buning uchun ayrim ishchining ish haqi to`g’risidagi ma`lumot etarli bo`lmaydi. 
    CHunki ish haqi har kimda har xil.
    O`rtacha miqdor deyilganda bir turdagi (xildagi) hodisaning 
    o`zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib ta`riflovchi miqdor, ko`rsatkich 
    tushuniladi. O`rtacha miqdorning xususiyati shundaki, u to`plamning umumiy 
    darajasini yoki undagi ayrim birliklarning darajasini tavsiflamasdan, balki 
    o`rganilayotgan belgi umumiy darajasining to`plam birliklariga bo`lgan nisbatini 
    ifodalaydi. YUqoridagi ish haqi xususidagi misolimizda ish haqi fondi va jami 
    ishchilarning soni umumiy daraja bo`lsa, ularning nisbati natijasida olingan 
    daraja esa o`rtacha miqdor hisoblanadi.
    сони
    ишчилар
    фонди
    хаки
    иш
    хаки
    иш
    Уртача

    O`rtacha miqdorlarni hisoblashda quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilish 
    lozim: 

    o`rtalashtirilayotgan yakka (individual) miqdorlar bir xil turdagi 
    to`plamga xos bo`lishi va mohiyatlari jihatdan tubdan farq qilmasligi 


    49 
    shart, miqdoran esa bir-biridan tafovutda bo`lib, ularning soni etarlicha 
    ko`p bo`lishi lozim. Agar o`rtacha mohiyati jihatdan tubdan farq 
    qiluvchi yakka miqdorlar bo`yicha hisoblansa, u holda bu o`rtacha o`z 
    mazmunini mutlaqo yo`qotadi va qalbaki (soxta) ko`rsatkichga 
    aylanadi; 

    o`rtacha miqdorlar etarli darajada ulkan bo`lgan bir turdagi ommaviy 
    to`plamlar uchun hisoblanishi kerak. Aynan shu qoidaga asoslanib 
    hisoblangan o`rtacha o`rganilayotgan hodisaning tub mohiyatini to`liq 
    ochib bera oladi. CHunki o`rganilayotgan to`plam qancha katta 
    (albatta, nisbatan) bo`lsa, o`rtacha natijaga salbiy ta`sir qiluvchi 
    tasodifiy omillar ta`siri shuncha kamayib boradi. SHu jihatdan o`rtacha 
    miqdorlar ulkan sonlar qonuniga bo`ysunadi; 

    o`rtacha miqdor faqat umumiy to`plam uchun hisoblanmasdan, balki 
    to`plamning ayrim guruhlari, qismlari (bo`laklar) uchun ham 
    hisoblanishi kerak. Bunday vazifa dastlab umumiy to`plamning 
    mohiyati jihatdan o`xshash bo`lgan guruhlarga ajratish, so`ngra esa 
    guruhlar uchun o`rtachalarni hisoblash yo`li bilan bajariladi. SHu 
    yo`sinda hisoblangan guruhlar o`rtachalari umumiy o`rtacha ochib bera 
    olmaydigan tomonlarni ochib beradi.

    Download 3,01 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   141




    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi

    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish